jack's box for album

jack's box for album

by: :: 𝕾𝕠𝕠𝖄𝕠𝕠


𝔍𝔞𝔠𝔨'𝔰 𝕭𝕺𝖃


Ep.19

[Men uni shu yerda bo'lganini unuta boshladim]


Shamol qop-qora sochlarni tebratayapti. Lablardagi sigaret soni sanog'ini yo'qotdi, soat esa yarim tunni ko'rsatayapti. Yoongi bu bema'ni suhbatni davom ettirish u yoqda tursin, hozir bu yerda turishni ham istamaydi, lekin negadir keta olmaydi.

-Yoongi, sen tanlashing kerak,- Jin uning ortida turardi.

-Yana qancha...,- Yoongi kulrang tutunni chiqarar ekan, qo'llari qaltiradi. -Qancha vaqt qoldi?

-Vaqt tugadi Yoongi. U endi yo'q,-Jin qo'llarini shimining cho'ntagiga solib, orqasiga o'girilib ketdi. Minning qo‘lidagi sigaretlar allaqachon kulga aylandi, so'ng u yana boshqasiga qo‘l cho‘zdi. Tomda quyosh chiqishini tomosha qilish aql bovar qilmaydigandek tuyuladi, lekin bu tong Yoongi uchun yondiradigan tong.


***


Jungkook ijaraga olgan mashinasining gaz pedalini bosgancha, shamol tezligida borardi. Kecha o'zini ko'mdi, bugun o'zini kulidan qayta yig'di. G'azab uning tanasini butunlay qumga botirdi. U tezlikni pasaytirmasdan rulni siqdi. Uning cho'ntagida yana bir doza baxt bor, lekin u narkotikni tashlashga qaror qildi. Jimin hamma narsa vaqtinchalik, o'tib ketishini aytganida haq edi. Jungkook dozadan keyin baxtning o'rnini bosadigan narsalar qorong'u va qorong'u bo'lib borayotganini payqadi.

Eski uy uni tanish qorong'ulik bilan kutib oldi. Kapyushonini kiyib, qo‘llarini cho‘ntagiga soldi. Akasi bilan uchrashmaslik umidida asosiy darvozadan kirdi, ammo taqdir undan yuz o‘girgani aniq. Hoseok birinchi qavatda qo'lida kichik hassa bilan turardi. U bu uchrashuvdan hayratda emas, lekin ko'zlarida shok bor va buni yashirib bo'lmaydi.

-Jungkook,- ukasining bu ahvolini ko'rib boshida bolg'a bilan urilgandek og'riq paydo bo'ldi. Jungkook sezilarli darajada ozg'in va rangpar edi. Ko'zlari esa xona bo'ylab yugurardi. U asabiy holatda qo'llarini yashirdi. -Senga nima bo'ldi.

-Kel, eslatmalarsiz,-Jungkook hayotida birinchi marta bu ohangda gapirdi. U hech qachon Hoseokga qo'pol munosabatda bo'lmagan, har xolda bunday qaramagan. -Hammasi joyida,-hatto ko'r ham hammasi joyida emasligini ko'radi. Hoseok dahshat bilan vaqt tugab borayotganini tushundi. Jungkook ular bilan qancha uzoq bo'lsa, shunchalik tez o'ladi.

-Faqat bir savol, nega?,- Kim? Nima? Qayerda? kabi savollar Hoseokni qiziqtirmaydi. Uning ukasi giyohvand bo'lib qoldi.

-Bilmayman,-Jungkook kuldi. -Shunchaki bir kuni og'riqqa cho'kkancha uyg'ondim. Men shunchaki og'riqni his qilishni xohlamadim holos,- tabassum asta-sekin yo'qoldi, ko'zlar polga qaratildi.

-Sen boshidanoq bu og'riqli bo'lishini bilarding, lekin nega bunga yo'l qo'yding?

-Hyung,-Jungkook ko'zlarini ko'tardi. Shu on bu bolani ahmoqona xayollarni unutishi uchun yaxshilab silkitging keladi. -Faqat bir lahzaga. Men uni bir lahza ko‘rmoqchi edim.

-Jungkook bunga arziydimi?

-Men ahvolim yaxshilanadi deb o'ylagandim,- Jungkook sarosima bilan atrofga qaray boshladi. -Rostini aytsam, boshidan shunday edi,-Hoseokning aytadigan gapi yo'q. Uning ukasi botdi, najot deb o'ylagan botqoqda botdi.

-Qachon barchasi noto'g'ri bo'lishga ulgurdi? - tinchlik.


***


Yoongi telefonini qisgani uchun ekran sina boshladi. Odatiy raqam ekranda, lekin abonent javob bermayapti. Jimin har doim Taehyungga o'xshash uchun u kabi ketishni, g'oyib bo'lishni yaxshi ko'rardi. Yoongi esa doim uni ideal bo'lish yo'lida o'z o'zini vayron qilishini kuzatardi. Lekin aslida, Yoongi doim allaqachon bunday bo'lmagan Jiminni ideal deb hisoblagan.

Telefonning jiringlashi uning hayollaridan chiqarib yubordi.

-Jimin.

-Bilasan bandman,-telefonning ortida shitirlash eshitildi. Yoongi aniq uni nima qilayotganini bilishni istamaydi.

-Ko'chdingmi?,-Yoongi bo'm-bo'sh kvartirada o'tirardi.

-Ha, keyinroq senga yangi manzilni yuboraman. Manzarani o'zgartirishni xohladim,-Jimin og'ir nafas olyapti, telefondan esa begona erkakning ovozi eshitildi. Yoongi qo'lini mushtladi.

-Yaxshi. u birinchi bo'lib go'shakni qo'ydi. Bu Jiminning telefoniga hayron bo'lgancha qarashiga majbur qildi. Park shunchaki yelka qisib, mobil telefonini djinsisi cho'ntagiga soldi.

-Xo'sh, davom etamizmi?– u makkorona tirjaydi va oyog‘i bilan asfaltda yotgan odamning barmoqlarini bosdi. Atrofda yana nafas olmayotgan bir nechta tana yotibdi. Jimin bugun uchta урод*ning hayotiga zomin bo'ldi Yoongi esa faqat o'zi o'layapti deb o'ylagan edi.


***


Jungkookning ahvoli yomon, hatto spirtli ichimliklar buning o'rnini bosa olmayapti. Eski uyga qamalib olganiga 1 oy bo'ldi. Xona bo'ylab shisha idishlar sochilib yotibdi, Namjoon bergan bir necha tabletkalar esa allaqachon tugagan. Tashlashga urinib, u butun og'riqni spirtli ichimlik bilan yuvishga yuz marta urinib ko'rdi. U Taehyungni yo'qotganida paydo bo'lgan og'riqni dori yetishmasligidan paydo bo'lgan og'riq tufayli unuta boshlaganini sezmay ham qoldi. Yana bir shisha absentni ichgach, u hatto egilmadi. Taehyungning obrazi yo'q, demak u cho'qqida emas. Hoseok uyda emas, balki bu yaxshilikka. Har safar Jungkook endi o'zini yaxshiroq his qila boshlaganida alkogol tugaydi. U bo'g'ila boshlaganini sezib bo'ynini qattiq ushladi. Uni shu xona bo‘g‘ayapti, xotiralari bo‘g‘ayapti. Jungkookga havo kerak. U o'rnidan turdi va zo'rg'a xonani tark etadi. Xizmatchining nigohi ostida u chuqurroq nafas olishga urinib, tashqariga chiqdi. Hali ham bo'lmayapti. U tomog'ini changallagancha nafas olishga urinardi. Jungkookning nigohi yaqin atrofda turgan mashinaga tushdi. Xizmatchining e'tiroziga qaramay, u rulga o'tirib, mashinani haydadi. Ko'zlari bir joyga qaray olmayapdi, tomog'i esa hamon yonardi. Ko'zlari og'riyapti, go'yo igna tiqilgandek, lekin yuma olmayapdi. Jungkook gazni qattiqroq bosdi. Rulni ushlab turgan qo‘llar titrayapti, havoda asta-sekin namlik hidi sezildi. Jungkook chuqur nafas olib ko'zlarini yumdi. Lablari titradi, lekin oyoqlari gazni bosishda davom etardi. Katta tezlikda u dengizga boradigan yo'lga o'tdi, lekin tezlik juda yuqori edi. Mashina yo'ldan chiqib ketib g'ildiraklar katta yamaga tushdi, buning natijasida rul aylana boshladi. Avtomobil boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetidagi daraxtga urildi. Jungkook ko'zini ochib qarshisida himoya yostiqchasini ko'rdi.

Ko'krak qafasi zarbadan qattiq og'riyapti, go'yo bir nechta suyaklari singandek. Jungkook mashina eshigini ochib sekin tushdi. Lekin oyoqlarida tura olmay ko'kragini siqib, asfaltga yiqildi. Qo'llari va yuzi biroz shikastlangan. Oyoqlari zo'rg'a yurayotgandi va avtohalokatdan keyin esa ular butunlay holdan toydi. Jungkook sovuq yerda qancha vaqt yotganini aniq ayta olmaydi. Yengil shamol sochlari va yumilgan ko'zlari bo'ylab esardi. U og'riqni his qilmayapti, ehtimol ich ichidan yongani tufayli og'riydigan narsani o'zi kulga aylanishga ulgurdi. To'lqinlarning shovqini juda yaqin eshitilardi.

U bu yerga yolg'iz keldi. O‘rnidan turdi. Oyoqlari zo‘rg‘a sudralardi, yerning jozibadorligi esa har doimgidan ham yorqin sezilib turardi. Ko'zlari go'yo bu manzaradan negativ izlagancha miltillaydi. To‘lqinlar yaqin atrofdagi toshlarga urilar, suvning esa uzoqdan ham muzdekligi ko‘rinardi.

Jungkook odatda chekmaydi, lekin negadir cho'ntagidan bir quti sigaretni oldi. Yangi pachka uzoq vaqt oldin sotib olingan, ammo hech qachon ochilmagan. Jungkook birinchi sigaretni yoqqach chuqur nafas oldi.

-Agar seni oxirgi marta ko'rayotganimni bilganimda edi,- Jungkook charchagan holda jilmayib sigaretni rangpar lablariga yaqinlashtirdi. -Sening yuzingni, so'zlaringni eslab qolishga harakat qilgan bo'lardim,- u asta-sekin tutunni chiqardi, u esa shamolda darhol tarqaldi. -Kimni aldayapman, hammasini yodlab olganman. Hatto yo'q, unday emas. Bu mening boshimdagi apparatga o'xshaydi, zavod tomonidan ishlab chiqilgandek,- Jungkook kuldi va chala yonayotgan sigaretini uloqtirib yubordi. -Agar bu oxirgi bo'sa ekanligini bilganimda...,-to'lqinlar allaqachon uning tuflisigacha yetib keldi, lekin Jungkook bunga e'tibor ham bermadi. Bir necha daqiqa oldin u bo'g'ilayotgan edi, lekin endi u chuqur nafas olayapti. Oldinga qadam tashlagancha xotiralarini eslay boshladi. U eslay oladigan hamma narsani. Bo'layotgan voqealar tufayli Taehyungning obrazi unutilinib ketishidan qo'rqardi. Xuddi sekin-asta so'nayotgan eski fotosurat kabi.

-U juda uzoqqa ketdi va menimcha men uni shu yerda bo'lganini unuta boshladim.

Jungkook ko'zlarini yumib, yana chuqur nafas oladi, lekin negadir o'pkasi og'irlasha boshladi. Tanasi toshga o'xshaydi, oyoqlarini esa sezmayapti. Ko'zlarini ochib, u quyosh nurlarining suv yuzasini yorib o'tayotganini ko'rdi. U endi nafas olmayapti, o'pkasi suv bilan to'lib, uni pastga tortib ketayapti. Quloqlari jiringlayapti, lekin u haligacha uni ko'rishi mumkin bo'lgan o'sha noyob xotiralarning parchalarini ko'rayapti.

Taehyung dengiz emas, lekin Jungkook o'zini cho'ktirib yubordi.




















,

Report Page