#islab_dayjest

#islab_dayjest

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi

SHARTLI IJTIMOIY NAFAQALARNING MEHNAT BOZORIGA TA'SIRI

Tadqiqotda Qozog'istondagi BOTA shartli ijtimoiy nafaqa (CCT) dasturining mehnat bozoriga ta’siri tadqiq qilingan. Tasodifiy tanlov asosida o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, dastur uy xo‘jaligi boshlig‘i va otalarning mehnat bozoridagi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan, biroq onalarning bandlik ehtimolini 7.6 foiz punktga oshirgan. Shuningdek, dastur ishtirokchilari bo‘lgan uy xo‘jaliklari qarz olish ehtimolini 8.5 foiz punktga oshirgan. Oilaviy jamg‘armaga esa sezilarli ta’sir aniqlanmagan. Onalarning bandligidagi o‘sish ko‘proq bolalarning bog‘chaga qatnash sharti tufayli kelib chiqqan bo‘sh vaqt bilan izohlanadi.

Asosiy natijalar

Tadqiqotning asosiy natijalari shuni ko‘rsatadiki, dastur uy xo‘jaliklarining mehnat va moliyaviy qarorlarida bir xil darajada ta’sir ko‘rsatmagan. Uy xo‘jaligi boshliqlari va otalarning mehnat faoliyatida sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan bo‘lsa, onalarning bandlik ehtimoli ancha oshgan. Bu holat dasturdagi shartlilik mexanizmi oilalarning ichki vaqt taqsimotiga ta’sir qilganini anglatadi: bola bog‘chaga qatnagan sari, onalar mehnat faoliyatiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha dastur jamg‘arma to‘plashda sezilarli o‘zgarish yaratmagan, biroq qarz olish ko'paygani aniqlangan. Buning sababi, bog‘chaga qatnov bilan bog‘liq qo‘shimcha harajatlarning paydo bo‘lishi va eng asosiy xarajatlar uchun ko‘pincha qisqa muddatli qarzlardan foydalanishga to‘g‘ri kelganidir.

(Tadqiqotning qisqa muddatda o‘tkazilgani natijalarni uzoq muddatli ta’sirlar nuqtai nazaridan talqin qilish imkonini cheklaydi.)

Manba: https://socialprotection.org/sites/default/files/publications_files/Conditional%20cash%20transfers%20%20effects%20on%20labour%20market%20outcomes%20and%20household%20financial%20well-being%20in%20Kazakhstan.pdf


DEMOGRAFIYA VA ISHCHI KUCHI BO'YICHA PROGNOZLAR

Maqolada Yevropaning ijtimoiy ta’minot tizimlaridagi, xususan Italiya va Shvetsiyadagi, demografik o‘zgarishlarning pensiya tizimlariga ta’siri o‘rganiladi. Jumladan, tug‘ilish darajasining pasayishi va umr ko‘rish davomiyligining oshishi pensiya tizimlaridagi to‘lovchilar va nafaqa oluvchilar o‘rtasidagi muvozanatga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shvetsiyaning an’anaviy, huquqlarga asoslangan, moliyalashtirilgan va belgilangan imtiyozlar tizimidan (NDB) shartli ravishda belgilangan badal (NDC) tizimiga tez va nisbatan adolatli o‘tishi Italiyaning sekin, qonuniy jihatdan murakkab o‘tishi bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari, maqolada NDC tizimining barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan asosiy xususiyatlar, ijtimoiy birdamlikning o‘rni va davlat hamda xususiy ijtimoiy ta’minot xizmatlari o‘rtasidagi o‘zgarib borayotgan munosabatlar muhokama qilinadi.

Asosiy fikrlar

Maqolada ahamiyatli xulosalar quyidagicha: birinchidan, demografik tendensiyalar (past tug‘ilish darajasi va uzoq umr) an’anaviy “to‘lovchi-nafaqa oluvchi” (PAYG) pensiya tizimlarida katta bosim yaratmoqda. Ikkinchidan, Shvetsiyaning NDC tizimiga tezkor o‘tishi uni intergeneratsion jihatdan adolatliroq va moliyaviy jihatdan bardavomroq qilib qo‘ygan; Italiyada esa huquqiy kafolatga asoslangan sekin o‘tish jarayoni bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Uchinchi, tizimning barqarorligi uchun nafaqa miqdori ishchilarning to‘lovlaridan kelib chiqishi, shuningdek, ijtimoiy hamjihatlik tamoyillari (solidarity) bilan muvozanatda bo‘lishi zarur. To‘rtinchidan, jamoat va xususiy sektor aktorlarining roli, ijtimoiy ta’minot tizimlaridagi huquqiy va institutsional strukturasi ham kelajakda tizim samaradorligini aniqlovchi muhim omil bo‘lib qoladi.

Manba: https://ejcls.adapt.it/index.php/ejcls_adapt/article/view/1641


O‘RTA DAROMADLI MAMLAKATLARDA SHAKLLANAYOTGAN IJTIMOIY YORDAM TIZIMLARI

Ushbu maqolada Turkiyaning ijtimoiy yordam tizimi o‘rta daromadli mamlakatlardagi (MIC) ijtimoiy himoya tizimlari kontekstida tahlil qilinadi. Mualliflar siyosiy hujjatlar va o‘zlari tuzgan miqdoriy ma’lumotlar orqali Turkiyaning ijtimoiy yordam tizimini Yevropa (shimoliy) va boshqa janubiy mamlakatlar modeliga solishtiradilar. Ular aksar MIC davlatlari shimoliy modellarga yaqin dasturlarni qabul qilgan bo‘lsa-da, Turkiyadagi ijtimoiy yordamning tuzilishi, maqsadlari va qamrovi Yevropa modellari bilan bir xil emas. Shu bilan birga, Turkiya misolida xalqaro tashkilotlar (masalan, BMT, Jahon Banki va boshqalar) ijtimoiy yordam siyosatining shakllanishida katta ta’sirga ega bo‘lgan.

Asosiy xulosalar

  • Turkiyadagi ijtimoiy yordam modeli Yevropadagi “klassik” ijtimoiy ta’minot modellaridan farq qiladi.
  • Turkiyada ijtimoiy yordam dasturlari kengayib borgan, ammo ularning manzilligi va tuzilishi mahalliy kontekstga mos ravishda yaratilgan.
  • Xalqaro tashkilotlarning siyosatni shakllantirishdagi roli katta bo‘lib, ular MIC davlatlarida shimoliy modeldan qisman nusxa olgani ko‘zga tashlanadi.
  • Ba’zi jihatlar “janubiy” modelga xos bo‘lishi mumkin, ya’ni Turkiyaning ijtimoiy yordam tizimi shunchaki nusxalangan shimoliy model emas, balki mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan.

Manba: https://journals.sagepub.com/doi/10.1177/14680181251384653


NORASMIY MEHNATNI RASMIYLASHTIRISH

Ushbu hisobot Lotin Amerikasi va Karib havzasida norasmiy mehnatning qay tarzda "rasmiylashtirilayotgani" (yoki aksincha) masalasi tahlil qiladi. Norasmiy mehnat deganda to‘liq tartibga solinmagan ish o‘rinlari nazarda tutiladi — bu holatlarda ishchilar ko‘pincha ijtimoiy himoya, aniq mehnat shartnomasi yoki pensiya va tibbiy sug‘urta kabi imtiyozlardan mahrum bo‘ladi. Hisobotda ta’kidlanishicha, ko‘plab mamlakatlar uchun ish o‘rinlarini "rasmiylashtirish" faqatgina mehnat qonunchiligini qo‘llashdan iborat emas. Buning uchun mehnat bozorining haqiqiy holatiga mos keladigan ijtimoiy himoya tizimlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu ayniqsa norasmiy mehnat keng tarqalgan iqtisodiyotlar uchun muhimdir.

Tadqiqot xulosalari

Hisobotda ta’kidlanishicha, Lotin Amerikasi va Karib havzasida mehnatni rasmiylashtirish yo‘lidagi eng katta to‘siqlardan biri ijtimoiy sug‘urta badallarining yuqori narxi hisoblanadi. Bu narx firmalar va ishchilar uchun rasmiy bandlikni qimmatlashtiradi. Shu bilan birga, ko‘plab norasmiy ishchilar pensiya yoki tibbiy sug‘urta kabi ijtimoiy himoya imtiyozlarini yetarlicha baholamaydilar yoki ularga ishonmaydilar. Buning sababi, bu imtiyozlar ko‘pincha aniq, ishonchli yoki ular uchun qulay emas.

Soliq tizimlari va moliyaviy yordami dasturlarining tuzilishi ham rag‘batlarni shakllantiradi: ijtimoiy yordam va ijtimoiy sug‘urta yaxshi uyg‘unlashtirilmaganda, ishchilar rasmiy tizimlarga hissa qo‘shish kam foyda berishini his qilishlari mumkin, bu esa ularning rasmiy mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini pasaytiradi.

Iqtisodiy omillardan tashqari, institutlarga bo‘lgan ishonch ham muhim rol o‘ynaydi. Qonun ijrosi kuchsiz, noizchil yoki adolatsiz bo‘lib ko‘ringanda, ishchilar va firmalar rasmiy tizimga o'tshga kamroq moyil bo‘ladilar.

Hisobotda, shuningdek, raqamlashtirish va ma’muriy soddalashtirish ahamiyati ta’kidlanib, zamonaviy ma’lumotlar tizimlari va soddalashtirilgan tartib-qoidalar rasmiylashtirish bilan bog‘liq harakat va xarajatlarni kamaytirishi mumkinligi qayd etilgan.

Umuman olganda, mualliflar ta’kidlashicha, norasmiylikni sezilarli darajada kamaytirish uchun mehnatni tartibga solish, soliqqa tortish va ijtimoiy himoya siyosatini uyg‘unlashtiradigan, rasmiy tizimni ishchilar va ish beruvchilar uchun yanada izchil va jozibador qiladigan keng qamrovli islohot yondashuvi zarur.

Manba: https://openknowledge.worldbank.org/entities/publication/060af4d3-4b89-4cad-bfd1-29f059ff61cd


OZIQ-OVQAT VAUCHERLARI IQLIMGA CHIDAMLILIKNI MUSTAHKAMLASHDA QANDAY ROL O‘YNASHI MUMKIN?

Maqolada Filippindagi "Walang Gutom" dasturi misolida oziq-ovqat vaucherlarining iqlimga chidamlilikni mustahkamlashdagi roli o‘rganilgan. Unda oziq-ovqat vaucherlari moslashuvchan ijtimoiy himoya shakli sifatida, zaif oilalarga suv toshqinlari va qurg‘oqchilik kabi iqlim bilan bog‘liq xavflarga qarshi kurashishda yordam berishi, shu bilan birga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi ta’kidlangan.

Asosiy xulosalar shundan iboratki, oziq-ovqat vaucherlari iqlim xavflari paytida kambag‘al va zaif oilalarning oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirishda samarali, chunki ular maqsadli va moslashuvchan himoya tizimini ta’minlaydi. Oziq-ovqatni kafolatlash orqali vaucherlar, uzoq muddatli chidamlilikni pasaytirishi mumkin bo'lgan mol-mulkni sotish yoki ovqatlanishni kamaytirish kabi salbiy kurashish usullarining oldini oladi.

Ularning samaradorligini oshirish uchun vaucherlar oziqlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda, kengaytirilishi va mavjud ijtimoiy himoya hamda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish tizimlariga moslashtirilib, yaxshiroq ishlab chiqilishi lozim.

Tadqiqot, shuningdek, oziq-ovqat vaucherlari va moslashuvchan ijtimoiy himoya o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidlab, vaucherlar iqlimga chidamli bo‘lgan yanada tizimli himoya mexanizmlarini qo'llashning boshlanishi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Tavsiyalar

Maqolada vaucher dasturlarini alohida chora-tadbirlar sifatida emas, balki milliy moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimlariga kiritish tavsiya etiladi. Unda aholining eng zaif qatlamlarini aniqlash uchun iqlim xavfi ma’lumotlari va ijtimoiy himoya reyestrlaridan foydalanib, maqsadli yo‘naltirishni takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan. Ovqatlanishni alohida e’tiborga oladigan dastur tuzish rag‘batlantiriladi, bu esa taqdim etilgan oziq-ovqatlar sog‘lom va iqlimga mos keladigan ovqatlanish rejimini qo‘llab-quvvatlashini ta’minlaydi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarga javoban vaucherlarni tezda kengaytirish uchun moliyaviy mexanizmlar yaratish va amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy himoya tizimi tashkilotlari hamda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish taklif etiladi.

Manba: https://www.afd.fr/en/resources/what-role-can-food-vouchers-play-strengthening-climate-resilience-0?utm_source=Newsletter&utm_campaign=5179adb313-EMAIL_CAMPAIGN_2023_10_06_09_07_COPY_02&utm_medium=email&utm_term=0_-9a454ae3c3-387501269



Report Page