invoice.uzasbo.uz da Katalog bo'limidan foydalanish

invoice.uzasbo.uz da Katalog bo'limidan foydalanish

uzasbouz

Hisobvaraq-faktura tuzishda tegishli tovar (ish, xizmat) turini kiritish uchun Qo'shimcha qo'shish tugmachasi ishlatiladi.

Tovar (ish, xizmat) turini kiritish

Tugma bosilgandan so'ng tovar (ish, xizmat) nomini kiritish oynasi ochiladi. Mazkur oynada Katalog nomli yangi katakcha qo'shildi va uni to'ldirish majburiy hisoblanadi.

Katalog katakchasi

Bu tovar (ish, xizmat) turini alohida kod bo'yicha ko'rsatadigan yangilik bo'lib, tovar (ish, xizmat) turi to'g'risidagi ma'lumotlar va kod soliq idorasi ma'lumotlar bazasidan olib kelinadi. Bu yerda tegishli ma'lumotlar ko'rsatilishi uchun asosiy menyuda Mahsulot - katalog bo'limiga o'tiladi. Chunki bu katakchaga ma'lumot qo'lda kiritilmaydi, balki Mahsulot - katalog bo'limiga mavjud ma'lumotlar tanlanadi.

Katalog bo'limi

Shundan so'ng, ochilgan oynada qidirish maydoniga kerakli tovar (ish, xizmat) turining nomi kiritiladi. Masalan, sut kerak bo’lsa, qidiruv maydoniga sut deb yoziladi va shu nom qatnashgan bir qator mahsulot turlari chiqadi.

Katalogga ma'lumot qo'shish

Kerakli tovar (ish, xizmat) turi tanlagandan so'ng, + Mahsulot yoki xizmatni qo'shish (+Добавить товар или услугу) tugmasini bosish kerak va shu orqali tovar (ish, xizmat) turi tashkilot ma'lumotlar bazasiga qo'shib olinadi. Bu yerda bir tovar (ish, xizmat) turining nomi o'ris yoki o'zbek tilida, lotin yoki kirill alifbosida bir necha marta kiritilgan bo'lishi mumkin. Bunga e'tibor qaratish shart emas, muhimi nomlanishi to'g'ri bo'lgan birortasi tanlab qo'shib olinsa bo'ldi. Xato qo'shilgan tovar (ish, xizmat) turini o'chirib yuborish ham mumkin.

Katalogga qo'shilgan tovar (ish, xizmat) turining ko'rinishi

Shundan so'ng, hisobvaraq-fakturani yaratishda Katalog katakchasida qo'shilgan tovar (ish, xizmat) turi chiqadi.

Hisobvaraq-fakturada katalog katakchasida kiritilgan ma'lumotning ko'rinishi

Shuningdek, Yaratish tugmasi yordamida ham tegishli tovar (ish, xizmat) turini qo'shish mumkin. Yaratish tugmasi bosilsa, kerakli tovar (ish, xizmat) nomini kiritish kerak bo'lgan oyna paydo bo'ladi. Tegishli nom kiritiladi (bu yerga tovar (ish, xizmat)ning nomi kiritilmasa, hech qanday ma’lumot chiqmaydi) va kerakli tovar (ish, xizmat) turi tanlanib, + Mahsulot yoki xizmatni qo'shish (+Добавить товар или услугу) tugmachasi bosiladi va u tashkilotning ma'lumotlar bazasiga qo'shib olinadi. So'ngra Yashirish (Скрыть) tugmasi bosiladi va avvalgi oynaga o'tiladi.

Yaratish tugmasi va yuqorida aytilgan asosiy menyudagi Mahsulot - katalog bo'limi orqali ma'lumot kiritish bir xil vazifani bajaradi.

Yaratish tugmasi orqali katalogga ma'lumot kiritish

Shuningdek, Shtrix kodni ko'rsatish katakchasi ham qo’shilgan bo'lib, bu yerda mahsulotning shtrix kodini qo'lda yozish orqali kiritish mumkin. Mazkur katakchani to'ldirish ixtiyoriydir.

Shtix kodni kiritish joyi

Mazkur yangilikni invoice.uzasbo.uz orqali hisobvaraq-faktura tuzmaydigan byudjet tashkilotlariga hech qanday ta'siri yo'q.

Report Page