#inson_qadri_uchun

#inson_qadri_uchun


Bu yil Nurafshon shahridagi mahallalarda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyihalar ijrosini o`z vaqtida hamda sifatli taminlash bo`yicha muhokama o`tkazildi.

Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev rahbarligida, 2023-yilda shaharda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda qurilish tashkilotlari rahbarlari, mahalla raislari, tegishli tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda hududiy deputatlar ishtirok etishdi.

Yig`ilishdan asosiy ko`zlangan maqsad, joriy yilda Nurafshon shahar hududida joylashgan maxallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay turmush sharoitini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini sifatli va rejaviy tashkil etish hamda amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga jamoatchilik nazoratini o`rnatish yuzasidan bo`ldi.

Xususan joriy 2023 yilda Nurafshon shaxrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish, ta`mirlash hamda obodonlashtirish ishlariga jami xisobda 193 936.6 mln.so‘m mablag` ajratilgan.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori tasdiqlangan hamda ushbu qarorga asosan Nurafshon shahriga 15 milliard 645 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Qarorga asosan shaharda quyidagi qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi:

1. Tungi yoritish chiroqlari

- “Yoshlik” MFY A.To‘qay,Bobur, Toshkent yo‘li va I.Karimov ko‘chadariga 60 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish uchun 257,1 mln.so‘m.

2. Issiqlik tizimi

- “Taraqqiyot” MFYdagi 12 ta ko‘p qavatli uylar ichki va issiqlik tizimi bilan ta’minlash uchun 1 428,1 mln.so‘m.

3. Ichimlik suv tarmoqlari

- “Yoshlik” MFY hududida ichimlik (1,2 km) va oqova (0,85 km) suv quvurlarini qurish uchun 877,2 mln.so‘m,

- “Dehqonobod” MFY hududida ichimlik suv quvurlarini qurish uchun 1 112,7 mln.so‘m,

- “Degantepa” MFY hududida ichimlik suv quvurlarini qurish uchun 3 432,9 mln.so‘m,

- “To‘ytepa” MFY hududida ichimlik suv quvurlarini qurish uchun 1 885,5 mln.so‘m,

- “Qumariq” MFY hududida ichimlik suv quvurlarini qurish uchun 947,2 mln.so‘m,

- “Bobur” MFY hududida ichimlik suv quvurlarini qurish uchun 327,2 mln.so‘m,

- “Obod” MFY hududida ichimlik suv quvurlarini qurish uchun 1 827,8 mln.so‘m.

4. Ichki xo‘jalik yo‘llarini qurish

- “Yoshlik” MFY Yoshlik, I.Karimov va Sport ko‘chalarining 1,6 km ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun 324,7 mln.so‘m,

- “Uchqun” MFY Uchqun ko‘chasida 0,5 km yo‘lni joriy ta’mirlash uchun 205,3 mln.so‘m,

- “Obod” MFY Baxor ko‘chasi 0,85 km, Birlik ko‘chasi 0,45 km, Bunyotkor ko‘chasi 2 km, Osuda ko‘chasi 0,15 km, Mayramko‘l ko‘chasi 0,95 km, Mexr-oqibat 0,15 km, Navro‘z ko‘chasi 0,5 km, Obod ko‘chasi 0,15 km va Shinam ko‘chasi 0,1 km yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun 2 014,3 mln.so‘m,

- “Xurriyat” MFY Shodlik kuchasidan kesib o‘tgan ariq ustidan ko‘prik qurish uchun 233,5 mln.so‘m,

- “Evalak” MFY Evalak 1-ochiq ko‘chasiga o‘tuvchi Xonariq ustidagi ko‘prikni joriy ta’mirlash uchun 468,7 mln.so‘m.

5. Elektr tarmoqlarini qurish

- “Yuksalish” MFY hududidagi yuqori kuchlanish 1,5 km kabellarini almashtirish uchun 303,0 mln.so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qaroriga muvofiq Nurafshon shahri hududdidagi 13 ta obektda 174 291,5 mln.so‘mlik  quyidagi bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.

1. Umumta’lim maktablari

- Ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi va uni jihozlash uchun 49 433,9 mln.so‘m,

- "Yangiobod" MFY dagi 48-sonli maktab 2-bosqich qurilishi uchun 5 040,0 mln.so‘m,

2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

- "Birlik" MFYdagi 11-sonli MTTni rekonstruksiya qilish uchun 3 360,0 mln.so‘m,

3. Oliy ta’lim

- Nurafshon davlat universitetini loyxalashtirish ishlari uchun 2 000,0 mln.so‘m,

4. Irrigatsiya tizimi

- Nurafshon shahar hududini kesib o‘tuvchi ho‘jaliklararo kanallarning ikki yonini temir-beton qoplama bilan yopish va 4 metr kenglikdagi muhofaza yo‘lini qurish (yildan yilga o‘tuvchi) uchun 7 627,6 mln.so‘m,

5. Avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash

- 4R20 "Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh." avtomobil yo‘lining 6,93 km qismidagi temir-yo‘l ustidan o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichni to‘la ta’mirlash uchun 15 000,0 mln.so‘m,

- Toshkent viloyati Nurafshon shaxridagi "Smart siti" olib boruvchi ichki yo‘lni qurish uchun 15 000,0 mln.so‘m,

- 4R2 "Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373 avtomobil yo‘li (55 km)" avtomobil yo‘lining Nurafshon shahridan o‘tgan 28,5-35,2 km oralig‘idagi (Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi 6,7 km) qismini rekonstruksiya qilish (yildan yilga o‘tuvchi) uchun 25 000,0 mln.so‘m,

6. Nurafshon shahri oqova suv tizimini qurish

- Nurafshon shahrida qurilayotgan 4000 mZ/sutka oqova suv tozalash inshootini ishga tushirish hamda aholi yashash punktlarining ichki oqova suv tizimlarini tortish, oqova suv haydash (KNS) inshootlari qurish (yildan yilga o‘tuvchi) uchun 18 000,0 mln.so‘m,

- Piskent tumani "Lolariq" MFY hududida (Vaxusheva) suv inshooti hamda Nurafshon shahriga qadar magistral suv quvurini qurish uchun 17 000,0 mln.so‘m,

7. Nurafshon shahri "Smart city" hududida Toshkent viloyati umumyurisdiksiya sudlariga yangi bino qurish (yildan yilga o‘tuvchi) uchun 15 700,0 mln.so‘m,

8. Yoshlar sanoat zonasi

-  Degantepa" MFY YOSTZga 0,9 km elektr energiyasi tarmoqlarini qurish uchun 630,0 mln.so‘m,

- "Degantepa" MFY YOSTZga 1,4 km tabiiy gaz tarmoqlarini qurish uchun 500,0 mln.so‘mni tashkil etadi.

Yig`ilish so`ngida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish obektlariga jamoatchilik vakillari biriktirildi hamda qurilish tashkilotlariga qurilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ushbu qurilish korxobalari raxbarlari bilan korxonalarni Nurafshon shaxridan ro`yxatdan o`tkazishga kelishib olindi.



Report Page