iOS App Development (iOS mobil ilova yaratish)
Swift AcademyAssalomu aleykum!

Hozirgi kunda rivojlanayotgan mobile development-ning bir yo'nalishi iOS app development yuqori maosh va kreativ texnologiyalar jihatidan ko'p o'rganuvchilarni o'ziga jalb etmoqda. Shu jihatdan iOS app development bo'yicha o'quv kurs taklif qilishni maqsad qildik. Ushbu kurs standartlardan kelib chiqib, boshidan o'rganmoqchi bo'lganlar uchun 6 oy qilib belgilandi:
Swift dasturlash tili va qisman Objective C - 1.5 oy;
Mobile app development, Xcode, UI elements + Tic Tac Toe o'yin - 0.5 oy;
UI elements 2 + 15 o'yin - 1 oy;
UI design and guidelines + 2048 o'yin - 1 oy;
Back end + UI + Weather app - 1 oy;
MVC, MVP, Clean Code, SOLID + Yakuniy app - 1 oy;
Ushbu kurs davomida 3 o'yin va 2 ta mobile ilova yaratilinadi, chunki nazariy bilimlarni albatta amalda va ustoz ko'magi bilan qo'llash yuqori tajriba ortirishga va kelajakda mustaqil developer bo'lishga katta hissa qo'shadi.
Ushbu kursning afzalliklari :
- Ham nazariy ham amalliy shaklda o'rganish;
- Erkin, do'stona yondashuv va qulay vaqt;
- Yuqori natija uchun aniq plan va tajribali mutahasislar bilan;
- Kurs yakunlangandan keyin nafaqat O'zbekiston balki Chet davlatlaridan ham online/offline shaklda ish topishga ko'maklashish;
Kurs talablari :
- Texnika - MacBook* (eng kam 8GB RAM bo'lsa qulay) yoki MacOS tizimi o'rnatilgan NoteBook + iPhone (ihtiyoriy, agar bo'lsa yaxshi);
{Keyinchalik har bir o'quvchiga kurs davomida foydalanish uchun MacBook berilishi rejalashtirilgan}
- Mas'uliyatli bo'lish - har 6-dars(ya'ni har oyda 2 marta) nazorat testi o'tkaziladi;
{Test o'tkazish tartibi va natijalar bo'yicha nizom bilan har bir o'quvchi kurs boshida tanishtiriladi}
Qo'shimcha: o'zingiz bilan olib kelgan har bir o'quvchi uchun bir martalik 10% lik chegirma!

Kurs bo'yicha qiziqish uyg'onsa yoki savollaringiz bo'lsa - tg: @swift_academy kanal adminiga bemalol murojat qilishingiz mumkin!
Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ):
- Men ham o'rganib dasturchi bo'la olamanmi?
Albatta! Avvalo qiziqishlaringizdan kelib chiqib yondashishingiz lozim, chunki har qanday holda sizni davom etishingiz uchun turtki bo'ladigan kuch bu qiziqishingizdir. Qiziqishingizni aniqlash uchun IT ga kiring, tanishing qanday sohalar bor va sizda ularning qay biriga qiziqish ko'proq ekaninga e'tibor bering!
Your only limit is your soul. What I say is true—anyone can cook ... but only the fearless can be great! Auguste Gusteau
- Qancha muddatda ishga kirishga tayyor bo'laman? (Ko'cha tilida aytilganda Qancha muddatda o'rganib bo'laman?😏)
Bu faqat va faqat o'zingizga bog'liq! Sizga Tim Cook (Timothy Donald Cook) dars bergan taqdirda ham o'rganish tezligingiz va salohiyatingiz faqat o'zingizga bog'liq! Tajribalar va statistikalardan kelib chiqgan xolda 85% lik muvofaqiyat 6 oylik kurs davomida bo'lgani sabab biz ham 6 oy etib belgiladik. Shunchaki hotirjamlik bilan "Alloh o'zing ilm ber va ilmimni ziyoda qil!" deb Allohga tavakkal qilib boshlash kerak holos. Va aynan bu sohada emas o'z qiziqishingiz bo'lgan har qanday sohada!
Bizning manzil: Toshkent sh. Chilonzor 3-dahasi 45-uy.
E'tiboringiz uchun tashakkur!
Swift Academy jamoasi.