iCRAFT loyihasi doirasida Jahon banki tomonidan 1-transh grant mablag‘lari ajratildi

iCRAFT loyihasi doirasida Jahon banki tomonidan 1-transh grant mablag‘lari ajratildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PQ–271-son qaroriga asosan mamlakatimizda Jahon banki ko‘magida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” (ERPA) komponenti doirasidagi islohotlarni, xususan, energiya tariflari islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga bo‘lgan ta’sirini yumshatish va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jahon banki tomonidan 7,5 mln AQSh dollari miqdorida 1-transh mablag‘lari ajratildi.

1-transh mablag‘lari – xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida O‘zbekistonga qaytarib beriladigan qisqartirilgan issiqxona gazlari emmisiyasi uchun ajratilgan grant mablag‘lari hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: iCRAFT loyihasi O‘zbekistonda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyodagi birinchi global tashabbusi bo‘lib, islohotlar natijasida issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirishga va ularning bir qismini xalqaro bozorlarda savdosini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ajratilgan mablag‘lar yuqorida keltirilgan qarorga muvofiq respublikani yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish, issiqxona gazlarini chiqarilishini monitoring qilish (MRV) tizimini tashkil qilish, yangi tashkil etilgan Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish аgentligi va "O‘zenergosotish" AJ faoliyatini qo'llab-quvvatlash, shuningdek energetika sohasini tartibga solish va institutsianal islohotlarni amalga oshirish, quyosh panellarini o‘rnatib berish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quuvvatlashga qaratilgan pilot loyihalarni amalga oshirish, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish kabi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page