#hafta_hujjati

#hafta_hujjati


Hujjat talablari amaliyot uyg‘unligida o‘rganilmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilim va kasbiy salohiyatini oshirish, yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish hamda ularni amaliy faoliyatga samarali tatbiq etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

“Hafta hujjati” tartibi doirasida joriy hafta — 2026-yil 7–11-sentabr kunlari davomida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Haftaning asosiy hujjati sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son qarori belgilangan.

Mashg‘ulotlar davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar, ularning ijro mexanizmlari hamda amaliy faoliyatda qo‘llash masalalari atroflicha o‘rganilmoqda.

Shuningdek, hujjatda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, ijro intizomini ta’minlash va yangi talablarni amaliy faoliyatga to‘g‘ri tatbiq etish yuzasidan xodimlarga zarur tushuntirishlar berilmoqda.

“Hafta hujjati” doirasidagi bunday mashg‘ulotlar xodimlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, qonunchilikdagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lishi hamda o‘z xizmat vazifalarini amaldagi talablar asosida samarali tashkil etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Report Page