Guliston shahridagi ko‘p kvartirali uylarni 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash to‘g‘risida

Guliston shahridagi ko‘p kvartirali uylarni 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash to‘g‘risida

Guliston shahri

2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgalik ko‘rish, mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha har bir sohalarda ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari qatorida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va tuman, shahar bo‘limlari oldiga ham bir qator dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ko‘p kvatirali uylarni kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat turlarining sifatini yaxshilash, Boshqaruv tashkilotlarining moliyaviy holatini barqarorlashtirish, kuz-qish mavsumiga zaxira materiallarini yaratish kabi bir qator vazifalarning ijrosiga kirishilib, o‘rnatilgan reja topshiriqlarning ijrosini to‘liq taʼminlash choralari ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 388-sonli qaroriga asosan shahardagi ko‘p kvartirali uylarni 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash maqsadida 2024 yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni taʼmirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, Boshqaruv tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan Dastur tasdiqlangan.

I. Dastur doirasida shahardagi :

         22 ta ko‘p kvartirali uylarda 398,3 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan:

         -5 ta uning tom qismini

        - 49 ta kirish yo‘laklarini taʼmirlash

        - 5 ta uylarning fasad qismlarini taʼmirlash;

Hisobot davrida Boshqaruv tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan 687,0 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan:

         -34 ta uylarning tom qismida joriy taʼmirlash ishlari bajarilgan,

        -78 ta kirish yo‘laklari taʼmirdan chiqarilgan;

        - 20 ta temir eshiklar o‘rnatilgan;

        - 117 ta elektr taqsimlovchi shitlar taʼmirlangan;

        -94 ta uyning yerto‘ladagi muhandislik tarmoqlari taʼmirlangan, 

        -28 ta  uyning uy ichidagi muhandislik tarmoqlari taʼmirlangan,

        -5 ta uyning fasad qismlari taʼmirlangan

       -48 ta energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatilgan.

II . Qo‘shimcha dasturlar doirasida:

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ko‘p kvartirali uylarni mavsumga barqaror tayyorlash bo‘yicha jami 10 ta ko‘p kvartirali uylarning tom qismlarini alohida Dastur asosida ajratiladigan 3,0 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda, joriy yil 1-dekabrga qadar taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

III. Elektr taqsimlovchi shitlarni taʼmirlash dasturining ijrosi bo‘yicha:

«Sirdaryo elektr tarmoqlari» AJ xodimlari hamda Boshqaruv servis kompaniyalari bilan birgalikda Guliston shahri bo‘yicha elektr tarmog‘i xo‘jaligini taʼmirlash zarur bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarning taʼmirtalab elektr tarmog‘i xo‘jaligi qayta xatlovdan o‘tkazilib, 106 ta qizil toifadagi elektr shitlarni taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Investitsiya dasturi asosida Guliston shahri “Bo‘ston” MFY da 52 ta ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida RK-1 va RK-2 mahaliy qozonxona qurish rejalashtirilgan bo‘lib Respublika budjetlar mablag‘laridan 35.945 mlrd so‘m ajratilgan. RK-2 mahaliy qozonxona uchun 17.024.0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan obyekt 100 foiz qurilish ishlari yakunlangan.

 

Nodir Abdurazzoqov

Guliston shahri Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo‘limi boshlig‘i

Report Page