Gripp

Gripp

Boburshokh

Qish fasli kelib, kunlar soviy boshlashi bilan ko’pchilik insonlar gripp va shamollash kasalligidan aziyat chekadilar. Darhol uy sharoitida davolanish yo’llarini izlay boshlashadi. Lekin avvalo davolanishdan oldin grippni shamollashdan farqlay olish kerak.

Shamollashning belgilari: yengil holsizlik, yuqori nafas yo’llarida yallig’lanish, tana haroratining ortishi, burun bitishi yoki suv bo’lib oqishi (bir – ikki haftagacha), tomoq og’rig’i, yo’tal. Shamollashni antibiotiklar qabul qilish orqali bartaraf qilsa bo’ladi.

Gripp lotincha – “tarqalaman” degan ma’noni anglatib, virusli kasallik hisoblanadi. Gripp virusining A, A1, A2,V, S turlari mavjud. O’zbekistonda esa A va V turlari ko’proq uchraydi. Virus bemor aksirganda, yo’talganda, gaplashganda havo zarrachalari orqali yuqadi. Yashirin vaqti bir necha soatdan 1 – 2 kungacha bo’lib kasallik to’satdan vujudga keladi.

Grippning belgilari: isitma, qisqa vaqt ichida tana harorati 39 – 40oC gacha ko’tariladi, bemor junjikib – sovqotib, qaltiraydi, tana harorati ortib ketgach bemor tanasi qizib, boshi, qo’l – oyoq muskullari junjikib og’riydi, bosh aylanib, ko’z tinishi mumkin, ko’z yoshlanib, qizaradi, og’iz qaqraydi, quruq yutal kuzatiladi. Grippni shamollashdan farqi grippda tana harorati 38o C dan yuqori bo’ladi.

Antibiotik iste’mol qilish orqali grippni faqat to’xtatib turishi mumkin, lekin uni yo’qotmaydi, aksincha salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.

Uy sharoitida grippga qarshi shirchoy, limonli murabbo, qatiq iste’mol qilish mumkin. Isiriq tutuni esa gripp viruslarini nobud qilish xususiyatiga ega.

Belgilariga ko’ra ajratish:

Yuqori tana harorati – ko’proq grippga xos. Haroratning yuqoriligidan havotirga tushish shart emas. Tana harorati immun sistemasi virusni neytrallashga qaratilgan interferon ishlab chiqarilishi va kurashishini sababidan. Kasallikni boshlanishida tana harorati 38,5o C ga qadar uni tushirishga harakat qilish kerak emas.

Burun bitishi – ko’proq shamollashga xos. Shamollashda burub bitishi bir ikki haftagacha davom etishi mumkin. Shunga qaramasdan rinovirusli infeksiyalarda burunni suv bo’lib oqishi bilan boshlanadigan turlari mavjud.

Tomoqda og’riq – shamollashga xos. Grippning esa asorati sifatida keyinroq rivojlanishi mumkin.

Yo’tal – shamollashda ham grippda ham kuzatilishi mumkin. Kuchli, qiyin, birdan boshlanuvchi yo’tal ko’proq grippga xos.

Holsizlik – shamollashda yengil, grippda kuchli.

Bosh og’rig’i – grippga xos. Agar bosh og’rig’i toshma bilan, bo’yin tortishi, yarmini og’rishi, tomir urushiga o’xshab yoki holatini o’zgartirganda og’risa shifokorga murojaat qilish kerak bo’ladi. Chunki nervlar yoki qon tomirlar tufayli bu holat kuzatilayotgan bo’lishi ham mumkin. Butun tanada, suyaklarda, mushaklarda zirqirab og’rish ko’proq grippga xos. Grippni ajratishni asosiy belgilari bu 38o C dan yuqori tana harorati va tanadagi zirqirab og’rish hisoblanadi.

Shunday qilib gripp ham shamollashning bir turi ekan. Shamollash esa yallig’lanish jarayonlarni o’z ichiga oluvchi, organizm intoksikasiyasi bilan kechuvchi har qanday infeksion jarayonni namoyon bo’lishi ekan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har qanday kasallik immuniteti past insonlarga tez yuqadi, shuning uchun qish vaqtida har birimiz sog’ligimizga befarq bo’lmasdan qalin kiyim – boshlarni kiyib yurganimiz ma’qul. Qolaversa yil fasliga mos kiyinish inson madaniyatining bir ko’rinishi hisoblanadi.


#qiziq


@ilmliasia