Frontend dasturlash sohasiga kirish. Videodarslar

Frontend dasturlash sohasiga kirish. Videodarslar

Muhammadjavohir Sur'atov
Frontend dasturlash sohasi bo'yicha vektorli illyustratsiya

Najot Ta'lim bilan veb dasturlash va frontend sohasi asoslari bo'yicha bir qancha video tayyorlagan edik. O'shalarni topishga qulay bir ro'yxatga keltirib, e'tiboringizga havola qilamiz. Har bir video nomidan so'ng unda nima haqida ma'lumot berilgani aytib o'tilgan.


Biron sohani o'rganishdan oldin u haqida boshlang'ich tushunchaga ega bo'lish kerak.

Programmist deganda universal askar tushunilmaydi, hamma o'z mutaxassisligi bo'yichagina ishlaydi.

"Shu ham savolmi", deyishingiz mumkin. Lekin yuqorida aytilganidek bu haqida ham ma'lumotga ega bo'lish halal bermasa kerak, deb o'ylayman.

Ana endi qiziq joylari boshlanyapti. Oshni do'ppidek qilib bir kishilik uy oshi, og'aynilar bilan yig'ilganda choyxona palov, to'y-hashamlarda katta qozonlarda to'y oshi ko'rinishida pishiriladi. Saytni tuzishda ham o'ziga xos va mos uslub tanlanishi - muhim masala.

Dasturchilar o'zaro atamalar, "modniy" so'zlar yordamida muloqot qilayotganda "bu frontend degani o'zi nimaykin?" degan savol qiynagan bo'lsa, bu videoda sodda tilda ta'rif berilgan.

Bu ikki atama nimani anglatishini o'rgandik. Xo'sh, ulardagi ishlatiladigan texnologiyalar va instrumentlarning farqi bormi?

Uy qurishdan oldin arxitektorlar 3D formatdagi uy chizmasi va deyarli haqiqiydek rasmlarini ko'rsatishadi-ku. Bu videoda ana o'shanga o'xshagan ish qilamiz - darslar oxirida qanday ko'rinishdagi sayt tuzishimizni ko'rib chiqamiz.

"Abbos, qahvani damla. Darslarning amaliy qismi boshlanyapti". Bu videoga kelganda "Kelinlar qo'zg'oloni" filmidagi Abbosning dadasi shunday degan bo'larmidi? Bilmasam. :)

Portal o'yinini o'ynaganmisiz? Bir joydan ikkinchi joyga teleport bo'lib o'tiladigan holatni saytlarda ham qilish mumkin. Bitta havolani bosib boshqa sahifaga o'tish o'rganiladi. Sekin-sekin saytni chiroylilashtirish ishlari ham boshlanadi.

Bo'm-bo'sh devorga biron tabiat manzarasi rasmini ramkaga joylab ilib qo'yilsa, qanday chiroyli bo'ladi-a! Saytimizda ham shu ishni bajaramiz: rasm va video joylaymiz. "Yandex Taksi"dan taksi chaqirganda manzilni ko'rsatamiz-ku, o'shanga o'xshagan ishni saytda ham qilsak bo'ladi.

Ommada "spiska" ko'rinishida talaffuz qilinadigan, o'zbek tilida ro'yxat deyiladigan narsani saytga o'z qoidasiga ko'ra joylaymiz. Saytdagi matnlarni ham husnixat daftarlaridek chiroyli yozilgan ko'rinishga keltirish asoslarini o'rganamiz.

Jiyanlar yozishni o'rganganda katta-kichik harf aralash, ustiga chizilgan, harflar orasida kilometr joy qoldirib yozadigan holatni CSS yordamida takrorlab ko'ramiz.

Buyog'iga jiddiy mavzular boshlandi, akalar. Elementlarni guruhga jamlab, o'zi uchun devor urdiramiz

Vahimaga hojat yo'q. Bu ikkovi ham sodda narsalarning "modniy" atamasi, xolos. Elementlar o'ziga berilgan joydan chiqmasligi va interfaol elementlarning turli vaziyatlarda ko'rinishini o'zgartirishini o'rganamiz.

Turli rasmchalar, silliq o'zgarishlar va frontendchilarning joniga oro kirgan flexbox texnologiyasi haqida gaplashamiz va kod yozamiz.

  • Saytni imkoniyati cheklanganlar uchun qulaylashtirish, position xususiyati va tungi rejim - https://bit.ly/2ybG8ox

Bunisi ham jiddiy mavzu. Hamma ham e'tiborga olavermaydi, lekin bilish muhim bo'lgan masala.

Kichkina bolachalar chiroqning "vklyuchateli"ga qo'li yetishi boshlashi bilan chiroyni o'ynashga tushishadi. Chiroq yoqiq-o'chiq, yoqiq-o'chiq... Ana shu ishni saytda ham qilamiz.

Endi mahalliy internet operatorlari va mobil aloqa kompaniyalarini kamroq "yaxshi fikr" bilan eslashingiz kerak bo'lmaydi. Internetsiz o'z kompyuteringizda kod yozishni o'rganasiz.


Mayoq kanali

Report Page