Frontend dasturlash kursiga marhamat!
Najot Ta'limInsonlarning og’irini yengil qilishni, dunyo taraqqiyotiga hissa qo’shishni istaysizmi? O’z karyerangizni dasturlashdan boshlash ishtiyoqidamisiz? Unday bo’lsa, “Najot Ta’lim” markazi aynan siz uchun “Frontend dasturlash” kursini taklif etadi.

Ish samaradorligini oshirish istagidagi har qanday inson vazifani bajarishni eng tezkor, oson va qulay yo’llarini izlaydi. Buning uchun esa birinchi navbatda dasturlash sohasiga murojaat qilish eng to’g’ri yo’ldir.
Dasturlashni oddiy qilib aytganda biror vazifani qanday bajarishni kompyuterga aytib beradigan ko’rsatmalar to’plami desak bo’ladi.
Ko’rsatmalar to’plami kodlardan tashkil topgan bo’ladi va bu kodlar dasturchi ya’ni siz-u bizga o’xshagan oddiy odamlar tomonidan yoziladi. Dasturlashning diqqatga sazovor tomoni shundaki, siz har kuni foydalanadigan internet brauzerdan tortib samolyotdagi avtopilot dasturini tuzishgacha hamma joyda qo’llanilishi mumkin.
Sodda qilib aytganda, kompyuterga biror vazifani bajarishi uchun siz kodlar ketma-ketligini kirgizasiz-u dasturchiga aylanasiz va ana shuni dasturlash deyish mumkin. Bu juda ham oson!
Dasturchining ishini yaxshi tushunish, ya’ni dasturlashni anglash uchun kompyuteringiz, telefoningiz yoki boshqa qurilmalaringizga bir e’tibor bering! Ko’plab dasturlarga, o’yinlarga ko’zingiz tushadi. Shulardan biri (hozirda ko’pchilik ishlatadi) “Telegram” yoki “Imo” bo’lishi ham mumkin. Bular dasturchilar tomonidan tuzilgan mobil dasturlardir.
Dasturchining ishi ham shu kabi ilovalarni tuzish. Faqatgina sohaning u yoki bu yo’nalishiga qarab dasturchilik vazifalari bir-biridan farqlanishi mumkin.
Aslida dasturlovchi bo’lish — bu bir kasb, dasturlashni ya’ni kod yozishni o’zlashtirish orqali qo’lingizda tayinli (hozirgi zamonda esa eng kerakli kasblarining biri) hunaringiz bo’ladi. Bilasiz, hunari bor odamga har doim ish topiladi.
Aynan biror joyda ishlamasangiz ham, jamiyat uchun kerakli dastur yoki web saytlar yaratib sotsangiz bo’ladi, ya’ni bir marta bosh qotirib yaxshi dastur tuzasiz va sotib pul ishlaysiz va bu orqali doimiy daromadga ega bo’lasiz.
Dasturlovchi bo’lish uchun aynan biror universitetda tahsil olish shart emas. O’zingiz mustaqil o’rgansangiz, tez o’rganasiz.
O’rganishda matematika fanidan boshlang’ich tushunchangiz bo’lsa, (masalan, qo'shish, ko'paytirish, kasrlar) buyog’i qiyin emas. Boshlang’ich deyishimiz uchun yetarlicha asos bor. Sababi, bizgacha juda ko’plab kodlar yozib bo’lingan. Bizdan esa tayyor narsani o’z joyiga keltirish so’raladi xolos.
Dasturlashda sizning g’oyaviy salohiyatingiz yaxshi bo’lsa, shu tarzda dasturning yoki web saytning vazifasini ko’z oldingizga keltira olsangiz, sizdan yaxshi dasturlovchi chiqadi, albatta!

“Najot Ta’lim” markazi sizni “Frontend dasturlash” yo’nalishida muhim bo’lgan bilimlarni o’rganishga chorlaydi va o’z karyerangiz sari birinchi qadamni biz bilan boshlashga taklif etadi!
✔️ HTML (Hypertext Markup Language)
Saytga turli elementlarni joylash, sayt tuzilmasini semantik jihatdan to'g'ri bo'lishini ta'minlash va HTML5 standardida kiritilgan yangi imkoniyatlardan foydalanish.
✔️ CSS (Cascading Style Sheets)
Saytga elementlarni joylangandan so'ng ularning ko'rinishini o'zgartirish, turli bezaklar berish, joylashuvini boshqarish, turli murakkablikdagi animatsiyalar tuzish;
✔️ CSSdagi flexbox imkoniyatidan foydalangan holda zamonaviy yondashuv bilan sayt tuzilmasini yig'ish
✔️ Saytni turli uskuna va brauzerlarda chiroyli ko'rinishini ta'minlash;
✔️ CSS kodni hozirda eng qo'p qo'llaniladigan usullardan biri bo'lgan BEM usuli asosida yozish;
✔️ Sass - Syntactically Awesome Style Sheets
— CSS kod yozish samaradorligini bir necha barobarga oshirish;
— Saytning CSS kod arxitekturasini to'g'ri tuzish;
— CSSda mavjud bo'lmagan qo'shimcha imkoniyatlar yordamida kod yozishga ketadigan vaqtni qisqartirish;
✔️ Bootstrap kutubxonasi
— Bir qator ham CSS kod yozmay tayyor instrumentlar yordamida turli xil prototiplar tuza olish;
— Ko'p saytlarda uchraydigan bo'laklarni oson va tez yo'l bilan tuzish;
✔️ Git - talqinlarni boshqarish tizimi
— Kodni talqinlarga bo'lish va kod muhitini to'g'ri tuzish;
— Jamoa bo'lib ishlashda talab qilinadigan Gitga oid eng muhim amallarni ishlata olish.
— Tuzilgan saytni GitHub Pages xizmati yordamida tekinga internetga joylash va boshqalar bilan ulashish;
✔️ JavaScript - brauzerlarda ishlovchi yagona dasturlash tili;
— JavaScript dasturlash tili yordamida turli masalalarga yechim tuzish;
— Barcha dasturlash tillarida universal bo'lgan amallarni JavaScript tili misolida yoza olish;
— Brauzerga yuklangan kodni JavaScript DOM imkoniyatlari yordamida "jonlantirish" tahrirlash, o'chirish va yangi elementlar joylash;
— Serverga so'rov berish bilan internetdagi ma'lumotlarni saytga keltirish va chiroyli dizaynda ko'rsatish;
✔️ JQuery - JavaScript kutubxonasi;
— JavaScriptdagi tabiiy koddan qisqaroq yo'l bilan saytga yangi imkoniyatlar qo'shish;
— DOMdagi elementlar ustida bajariladigan amallarni oson yo'l bilan boshqarish;
— Odatda ko'p ishlatiladigan jQuery kutubxonalarini saytga tatbiq qilish, sayt dizayniga moslashtirish;
✔️ Gulp - vazifalar bajaruvchisi
— Ko'p bajariladigan odatdagi ishlarni avtomatlashtirish va bu yordamida vaqtni tejash;
— HTML, CSS va JavaScript kodni optimallashtirish, to'g'ri tartiblash uchun zarur bo'lgan ishlarni Gulp plaginlari yordamida oson bajarish;
— Yangi standarddagi JavaScript kodni ES5 standardiga kompilyatsiya qilish;
— Tayyor bo'lgan saytni serverga joylash;
— Rasmlar ustida amallar bajarish, ularni optimallashtirish.
✔️ Samaradorlikni oshirish
— Sublime Text 3 va VS Code dasturlarida ishlashda zarur bo'ladigan qisqartma amallarni o'rganish;
— Shu ikki dasturning tabiiy imkoniyatlarini turli paket va kengaytmalar yordamida ko'paytirish;
— Dasturlarda ishlash muhitini samarador ko'rinishga keltirib, moslashtirib olish.
✔️ Ishga kirishga oid ma'lumotlar;
— Ishga kirishda katta e'tibor beriladigan rezyume va portfolioni to'g'ri tuza olish;
— Ish beruvchi bilan shartnoma tuzayotganda nimalarga e'tibor berish;
— Ish haqini to'g'ri baholash;
✔️ Har bir mavzu imkoni boricha ko'proq amaliy mashqlarda mustahkamlanadi.
✔️ Kurs davomida o'quvchilar bilimlari davomiy tarzda turli test va amaliy topshiriqlar bilan tekshirib boriladi, kerakli tavsiyalar beriladi, baholanadi.
✔️ Kurs oxirigacha o'quvchilar salmoqli portfolio (ishlar jamlanmasi) yig'a olishadi.
✔️ Har bir bo'limda sohadagi standardlar va tavsiya qilingan amaliyotlar o'rganiladi, amaliy mashqlarni bajarishda shulardan foydalanishga urg'u beriladi.

“Frontend dasturlash” kursi jami 5 oy davom etadi. Siz 5 oy davomida taʼlim olish uchun 2 300 000 soʻm sarflaysiz. Ya'ni, birinchi oy 300 ming so'm. Keyingi oylar 500 ming so'mdan. Agar kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz oyiga oʻrtacha 2 000 000 - 5 000 000 so'm oylik daromad olishingiz mumkin boʻladi.
Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat beriladi.
Tel: +998998280011
Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin
Location: https://bit.ly/2W0CEfy
Telegram: https://t.me/najotedu
Facebook: https://www.fb.com/najotedu
Instagram: https://instagram.com/najottalim
Twitter: https://twitter.com/najottalim