#foydali_maslahatlar

#foydali_maslahatlar

@maktabda_kumyo

Uyda antiseptik gelni qanday tayyorlash mumkin?


 Butun dunyo pandemiya iskanjasida bo’lgan hozirgi vaqtda gigiyenaga rioya qilish zarurati yuqori. Bot-bot takrorlanayotgan talab — qo’llarni toza tutishni ta’minlashda yordam beruvchi antiseptik gelni tayyorlash mumkinligini quyida bilib olishingiz mumkin.

Antiseptik gel tarkibi qanday bo’lishi kerak?

Antiseptik ta’sir kuchiga ega bo’lishi uchun eng kamida 60 foizini spirt tashkil qilishi lozim. Spirtning shu nisbati bilangina antiseptik samara ko’rsatadi: viruslarning teri to’qimalariga o’rnashib olishiga imkon beruvchi yog’ qobig’ini yorib o’tadi.

Aroq va shu kabi spirt saqlovchi maxsulotlar bunda to’g’ri kelmaydi, chunki spirt nisbati yetarli darajada yuqori emas.

Antiseptik gel tayyorlash uchun iste’mol qilinmaydigan, ya’ni tibbiy yoki texnik spirtdan foydalangan ma’qul. Uni dorixonadan yoki texnik tovarlar do’kondan topish mumkin.

Qo’llarni dizenfeksiyalash uchun spirtni sof holda qo’llash yaramaydi. Bu usl virusni o’ldiradi, ammo qo’lning tabiiy yog’ qatlamiga shikast yetkazadi. Natijada ortiqcha quruqlik, qichish, mikrojarohatlar hosil bo’lishi, bular esa infeksiya uchun ochiq darvoza vazifasini o’tashi mumkin.

Antiseptik gel samarali bo’lishi bilan birga zarasiz bo’lishi ham muhim. Buning uchun u kerkali nisbatdagi spirt hamda qo’lni himoyalovchi vositalarni o’zida jamlashi kerak.

Sizga kerak bo’ladigan vositalar:

– ingrediyentlarni aralshtirish uchun toza idish;

– choyqoshiq yoki yog’och kurakcha;

– tayyor gelni saqlash uchun qulay ixcham idish (0,25-0,5 litr hajmli qopqoqli banka yaxshi variant);

– antiseptikdan foydalanib yurish imkonini beruvchi idish. U purkovchi dozatorga ega bo’lishi zarur. Buning uchun dorixonadan harid qilingan antiseptikning bo’shagan idishi mos keladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan retsept

JSST mutaxasislari tomonidan tavsiya etilgan bu antiseptikdan qo’llarni toza tutish hamda turli yuza hamda buyumlarni dezinfeksiyalash uchun foydalanish mumkin.

Kerak bo’ladi:

– 96 foizli tibbiyot spirti  – 100 ml;

– 3 foizli vodorod peroksid – 5 ml. Peroksid virusni o’ldirmaydi, ammo suyuqlikda hosil bo’lishi mukin bo’lgan bakteriya sporalari bilan kurashadi;

– 98 foizli glitserin – 2 ml;

– qaynatib sovitilgan suv – 10-15 ml.

Tayyorlash tartibi:

Barcha ingrediyentlarni bir massaga kelgunga qadar yaxshilab aralashtirish kerak. Maasani purkovchi idishga soling. Tayyot suyuqlik uch sutka tursin, bu spirtda yoki idishda bo’lishi mumkin bo’lgan mikroorganuzmlar o’lishi uchun muhim.

Tayyor antiseptik vositaga bir necha tomchi efir moyi limon suvi qo’shish mumkin. Bu vositaga yoqimli hid bag’ishlaydi. Ammo bunday hid beruvchilar allergiya berishi ham mumkinligini unutmang.

Yana bir samarali repsept

“Healthline” tibbiy nashri tavsiya etuvchi bu antiseptik 60 soniya ichida mikrob va viruslarning  99,9 foizini o’ldiradi.

Kerak bo’ladi:

– 96 foizli tibbiyot spirti – 100 ml;

– aloe kosmetik geli – 50 ml;

– hid beruvchilar (limon suvi yoki istalgan turdagi efir moyi) – 3-4 tomchi;

– 98 foizli glitserin – 3-4 tomchi.

Tayyorlash tartibi:

Barcha ingrediyentlarni bir massaga kelgunga qadar yaxshilab aralashtiring. Glitserinni 3-4 tomchidan oshirib yubormang, aks holda gel o’ta quyuqlashib ketishi va yopishqoq bo’lib qolishi mumkin. Tayyor massani purkagichli idishga soling. Antiseptik tayyor.

Antiseptik geldan foydalanish tartibi

  • Antiseptik gel qo’lllardagi virus va mikroblarni samarali yo’qotishi uchun undan to’g’ri foydalanish kerak.
  • Bitta qo’l kaftiga bir necha tomchi antiseptik tomizing / bir necha marotaba purkang.
  • Kaft va barmoqlaringizni bir-biriga obdon ishqalang. Qo’llar to’liq quriguncha ishqalashda davom eting (30-60 soniya).

 



Report Page