Dasturlash foundation bosqichi va uning kirish imtihoni haqida batafsil

Dasturlash foundation bosqichi va uning kirish imtihoni haqida batafsil

Najot Ta'lim

Foundation - bu so'z inglizchadan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinganda, "poydevor" ma'nosini anglatadi. Ya'ni, dasturlash sohasida o'qishni istagan o'quvchilarda bootcamp kurslari uchun ma'lum bir darajada bilim poydevori bo'lishi kerak. Foundation bosqichi dasturlashning mantigʻi, asosi hisoblanadi. Siz agar dasturlashning asl mohiyatini, ichkarida qanday jarayonlar boʻlayotganligini anglab yetsangiz, har qanday dasturlash tiliga bemalol moslashib keta olasiz. Bu bosqichni tamomlaganingizdan keyin dasturlash tillarining ahamiyati yoʻqligini anglab yetasiz.

Biz barchaga ta'lim berishni xohlaymiz. Imtihonlar orqali sohaga potensiali bor, kelajak maqsadlari aniq bo'lgan yoshlarni aniqlab olmoqchimiz. Shu bilan birga bozor uchun shunchaki dasturchilarni emas, balki sifatli, doimiy rivojlanadigan, raqobatbardosh kadrlarni chiqarishni xohlaymiz. Bunday kadrlarga bozorda ehtiyoj ham yetarlicha. Imtihonlarda qatnashib ulardan muvaffaqiyatli o'ting. Biz sizga ta'lim berishga tayyormiz.

Dasturlash foundation bosqichi kirish imtihonlarida nomzodlarning mantiq va ingliz tilini bilish darajasi sinovlardan o'tkaziladi. Agarda sizda IELTS 5.5 yoki B1 sertifikatlaridan biri mavjud bo'lsa, ingliz tili imtihonlaridan ozod qilinasiz.

Foundation bosqichi 4 oyga mo'ljallangan bo'lib, darslar quyidagi reja bo'yicha bo'lib o'tadi:

Kompyuter savodxonligi - ikki hafta
C dasturlash tili - 1 oy
Python dasturlash tili- 2.5 oy
IT uchun ingliz tili - haftada ikki kun.

Bu tillarni o'quv dasturimizga qo'shishdan avval Amerika va shu kabi nufuzli chet el oliygohlarining tajribasi o'rganib chiqildi. C dasturlash tiliga dasturchilar tomonidan "dasturlashning otasi" deb tarif berilgan. Bu albatta bejizga emas. Misol uchun Python dasturlash tili ham C tilida yozilgan. Shuning o'zi ham yetarlicha tushuncha olishingizga sabab bo'ladi. Xulosa qiladigan bo'lsak, bu tillarning o'rgatilishidan maqsad kelajakda sizning Software engineer bo'lib yetishib chiqishishingizga yordam berish. Foundation bosqichining natijasi, albatta, kelajakda o'z mevasi beradi.

Tavsiyalar: 

Markazimiz ustozlari bilan bo'lib o'tgan quyidagi suhbat va ovozli chatlar orqali yana ham to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. Video va ovozli chatni eshitib ko'rishingizni maslahat beramiz. 

🎙 Foundation bosqichi haqida ovozli suhbat


Imtihon jarayonlarigacha bo'lgan davr haqida esa, quyidagi qiziqarli va foydali video orqali yanada batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Dasturlash foundation bosqichi uchun imtihonlar 26-27-fevral kunlari bo'lib o'tadi.

👉 Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123



Report Page