Apple va Google koronavirusga qarshi kurash texnologiyasini ishlab chiqdilar.
«FEATUREUZ»
Apple va Google smartfonlarning ilovasi uchun uzoq vaqt kutilgan texnologiyani ishlab chiqdilar.
-
Bu odamlarni koronavirus infeksiyasiga chalingan boʻlish ehtimoli toʻgʻrisida avtomatik ravishda xabardor qiladi.
Oʻtgan oyda raqobatdosh-kompaniyalar koronavirus tarqalishini kuzatish va toʻxtatib turishga yordam beradigan texnologiyalar yaratish uchun misli koʻrilmagan hamkorlik toʻgʻrisida eʼlon qilishdi.
Dastur taʼminoti Bluetooth simsiz texnologiyasidan foydalanadi va oddiy prinsip asosida ishlaydi. Agar,biror odamga “koronavirus” tashhisi qoʻyilsa, uning yaqinida boʻlgan har bir kishiga maxsus ogohlantirish yuboriladi. Bunday xabarnomani olganlar “oʻz-oʻzini yakkalash” rejimiga oʻtishlari va koronavirusga test topshirishlari mumkin.
Birinchi bosqichda ishlab chiquvchilar ushbu texnologiyani turli mamlakatlardagi sogʻliqni saqlash tashkilotlarining rasmiy mobil ilovalariga sozlash uchun qurilmalarini taqdim etishni rejalashtirmoqda, soʻngra, uni toʻgʻridan-toʻgʻri Android va iOS operatsion tizimlarida tadbiq etishadi.
Koʻpgina mamlakatlarning hukumatlari COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun oʻzlarining mobil ilovalarini yaratishga harakat qilishgan, asosan, ular muvaffaqiyatsiz chiqgan. Biroq, koʻpchilik Apple va Android smartfonlarining texnik muammolariga duch kelishdi, shuning uchun, ilovalar keng qoʻllanilmadi. Aksariyat smartfonlar GPSdan odamlarning joylashgan yerlarini kuzatish uchun foydalanadilar, Apple va Google esa ulardan oʻz yangi qurilmalarida maxfiylik va aniqlik muammolari tufayli foydalanmaydilar.
Yaratuvchilarning taʼkidlashicha, ularning “koronavirusning taʼsiri toʻgʻrisidagi ogohlantirish” avtomatik tizimi begona odamlar bilan aloqada boʻladigan va COVID-19 virusini hali hech qanday alomatlari boʻlmagan tashuvchisi orqali tarqalishini sekinlashtiradi.
Ilovadan foydalanuvchining shaxsi identifikatori tez-tez oʻzgarib turadigan shifrlash va anonim mayoq-identifikatorlari bilan himoyalangan. Dasturni 2015 yil sentyabr oyidan beri chiqarilgan Android va iPhone, ning koʻpgina modellariga yuklab olish mumkin boʻladi.