Donald Tramp

Donald Tramp

꧁༒☬𝐄𝐥𝐦𝐮𝐫𝐨𝐝 𝐓𝐮𝐫𝐬𝐮𝐧𝐛𝐨𝐲𝐞𝐯☬༒꧂

Donald Trump

Donald Tramp


Donald John Trump (talaffuzi: Donald Tramp) (inglizcha: ; 14-iyun, 1946-yil, Nyu York, AQSH) — amerikalik sobiq tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi, jamoat arbobi. 2017-yil 20-yanvardan AQSHning 45-prezidenti. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (inglizcha: ) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.. 2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi, biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi. 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi.


Vikipediyada shunday familiyali boshqa shaxslar haqida ham maqolalar mavjud, qarang: Trump.

Quick Facts: Asl ismi, Tugʻilishi ...

Bolalik va yoshlik yillari

Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi. Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi,. Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:


“ Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim… ”

Faoliyati

1968-1989 yillar

Avvaliga u Brooklyn va Queensdagi oʻrta sinf uchun moʻljallangan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq ishlarni qildi. Eng birinchi loyihalaridan biri 1200 kvartirali uy majmuasini sotib olib, toʻliq qayta taʼmirlab, ijaraga topshirish edi. Trump Organization bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunladi va 6 million $ sof foyda oldi. 1971-yilda Donald Trump Manhattanga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u shaharning iqtisodiy salohiyati yuqorligi, qurilish ishlarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaxshi tushunardi. Donald shahardagi bankrotlik tufayli faoliyat yuritmayotgan „Kommodor“ mehmoxonasining binosini taʼmirlash huquqini va buning natijasida Nyu York maʼmuriyati tomonidan 40 yillik soliq imtiyozini olganidan soʻng, eski mehmonxona oʻrnida Grand Hyatt mehmonxonasini barpo etadi. Donald „Jacob Javitz konfrens-markazi“ning qayta taʼmirlash huquqini Nyu York maʼmuriyatidan soʻragan va oʻz qurilish loyihasini taklif etgan, biroq bu loyiha maʼqullanmagan. Shunga oʻxshash holat Nyu Yorkning markaziy xiyobonidagi muz oʻyingohini qayta taʼmirlash jarayonida ham boʻlgan: Shahar maʼmuriyati taʼmirlash ishlarini 2.5 yilda tugatishni rejalagan, ammo u 6 yil deganda ham yakunlanmagan. Donald maʼmuriyatga ushbu oʻyingoh ishini oʻziga bepul topshirilishini, evaziga u oʻz hisobidan taʼmirlashni yakunlab berishni soʻragan. Maʼmuriyat esa, har doim rad javobini beravergan. Bu haqida ommaviy axborot vositalari tanqidiy maqola chiqargach, Donald taʼmirlash huquqini qoʻlga kiritgan. Donald taʼmirlash ishlarini 6 oy ichida yakunlagan va ajratilgan 3 million dollar mablagʻdan 750 ming dollarini tejab qolgan.


1989-1997 yillardagi iqtisodiy muammolari

1989-yilda Donald davlatdan olgan zayomlarini iqtisodiy inqiroz tufayli qoplay olmagan. U yangi loyihalaridan biri boʻlgan „Trump Taj Mahal“ majmuasining qurilishi uchun 1 milliard dollar zayomni obligatsiyalar koʻrinishida olgan edi. 1991-yilga kelib, Donaldning ortib borayotgan qarzlari hatto uning shaxsan bankrot boʻlishiga xavf soldi. Banklar, zarariga boʻlsa-da, Trumpning qarzlardan ozod qilinishini va sudning muqarrar jarimalaridan qutqarilishini taʼminlab berdilar. „Trump Taj Mahal“ 1991-yili qarzlardan ozod etildi, evaziga qarzni toʻlab bergan banklar majmua aksiyalarining 50 foiziga egalik qildilar. 1994-yilga kelib, 900 million $dan ortiq qarzlarini bartaraf etgan va bizesini saqlab qolgan. 1995-yilda Gaming Hall of Fame aʼzosi boʻldi. 1995-yilda hamma koʻngilochar komplekslarini birlashtirib, Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini tashkil qildi. 1996-yildayoq, kompaniya har bir aksiyasining Wall-streetdagi narxi $35 dan yuqori edi, biroq 1998-yilda aksiya narxi $10 dan ham tushib ketdi. 2004-yilda Trump Hotels & Casino Resorts qarzlar toʻliq qoplanganini eʼlon qildi. Shu yil noyabr oyida Trump kompaniya bosh direktori lavozimidan chetlandi, lekin boshqaruv raisi boʻlib qoldi.


1997-2007 yillar

Donald Trump bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:


„Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trumpning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.

„Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi — mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.

„Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ — biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.

„Trump minorasi (Tampa)“ — soʻrovlar koʻp boʻlganligi uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.

Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.

„Trump minorasi (Atlanta)“ — Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi.

Jahon iqtisodiy inqirozi (2008-2012)

2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Trump Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi. Trump sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz — bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan. Deutsche Bank vakillari esa, „Trump muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi.


Shaxsiy binolari

Mehmonhonasi

Las Vegas mehmonxonasi

2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Trump boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan.


Qurilishi tugatilgan uy-joylari

„Trump butunjahon minorasi“ — 290 million dollar.

„Trump Tower“ — 288 million dollar

* „Trump Tower“dagi umumiy maydoni 3000 m² keladigan xonalar, 50 million dollar.

„AXA Center“ — kamida 30 million dollar.

San Fransiskodagi binolaridan (olinadigan 30 foiz ulush) — $540 million

Wall-streetdagi Trump Building — taxminiy narxi 260 million dollar.

Trump Entertainment Resorts tarkibiga kiradigan turli xil komplekslar:

* Trump Taj Mahal

* Trump Plaza

* Tump Marina

Trump mehmonxonasi va minorasi (Chikago)

Trumpning „Las Vegas“ xalqaro mehmonxonasi — milliarder Philip Ruffin bilan hamkorlikda qurilgan

Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi

Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Nyu York)



„Trump Park Avenue“ — $142 million

Golf maydonlari — $127 million

* AQSh hududidagi 6 ta golf klubi

* 2006-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerda Birlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda.

* Karib dengizidagi Kanuan orolida golf maydoni va koʻngilochar majmua qurilishi.

„Palm Beach“dagi bino: 4000 m² maydonga ega uy. Trump bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uy AQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.

„Maralago“ klubi

Litsenziyalangan binolari

Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trumpdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Trump nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.


Manhattan:

Trump Palace:

Trump Park va Trump Park East — 38 qavatli egizak binolar

Trump Plaza (Nyu York) — 39 qavatli sanchqisimon bino

Trump Soho mehmonxonasi — Nyu Yorkdagi 42 qavatli bino

Nyu York shahar atrofi:

Trump Plaza, Nyu Jersidagi eng baland binolar (biri 50, ikkinchisi 55 qavatli)

„Trump Plaza (Westchester)“ — 39 qavatli hashamatli bino: ichida kvartiralar, doʻkonlar, avtoturargohlar bor.

* „Trump Tower“ — 35 qavatli mehmonxona.

* „Trump Park“ — oʻyingohlar majmuasi.

Florida:

* Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (2007-yil)

* Trump Palace (Sunny Isles): 270 ta uyni oʻz ichiga olgan bino

* Trump Grande (Sunny Isles)

* Trump Hollywood: 40 qavatli majmua.

* Trump Tower (Palm Beach)": 23 qavatli mehmonxona.

Mamlakat boʻyicha:

Trump minorasi (Atlanta): 48 qavat va 370 qatordan iborat majmua.

Trump minorasi (Filadelfiya)": 45 qavatli hashamatli bino.

* Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki)(2009-yil)

* Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Yangi Orlean): (2007-yil)

Boshqa mamlakatlarda:

* Trump Tower Baku (Ozarbayjon, 2013-yil)

* Trump World (Koreya Respublikasi)

* Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto) (2012-yil)

J


Torontodagi minora qurilishi

* Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Dubay), BAA

* Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Panama): 70 qavatli minora.

OAVda

Donald Trump seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan. 2003-yili Trump NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi prodyuseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Trump kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Trump ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha: ) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Trump ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan. 2007-yili Donald Trump ismi Gollivuddagi "Yulduzlar yoʻlkasi"ga yozildi. Shu yili Trump AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.


“ ”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi” ”

— degan u.


Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Trump aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan.

J


AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida


Prezidentlik saylovoldi kampaniyasida, 2015-yil 3-sentyabr

2015-yili Trump AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Saylovoldi kampaniyasida Trump AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan.


Boshqa biznes tarmoqlari

„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trumpga qarashlidir. Donald Trump, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Trump nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda. Donald Trump Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi.


Golf maydonlari

2008-yilning iyunida Trump Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Trump 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trumpning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.


Vitaminlari

2009-yili Trump vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi.


AQSh Prezidenti

Xorijiy davlatlarga tashriflar

Quyida Donald Trumpning AQSh Prezidenti sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan.

J


Shaxsiy hayoti

Oilasi


Melania Trump

Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Mary va Elizabeth) bor. Singlisi Mary — yurist. 1977-yili Trump 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Trump-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Trump 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:


“ «Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman» ”

2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melania Trump (talaffuzi: Melaniya Tramp) bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor. 2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison, Donald John, Tristan Milos, Spencer Frederick va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Joseph Frederick) bolalaridir. Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim — nasroniylik esa chiroyli din“

#mashhurlar

Manbaa: Wikipediya

Report Page