composer-ning .json va .lock fayllarining ahamiyati
Ibragimov DiyorbekPHP dasturlash tilida ishlaydigan loyihalarda paketlarni boshqarish va ularni boshqaruv tizimini soddalashtirish uchun Composer dan foydalaniladi. Ushbu vosita yordamida oson va samarali ravishda kerakli kutubxonalarni loyihaga qo'shish, yangilash yoki o'chirish mumkin. Composer-ning asosiy fayllari esa composer.json va composer.lock hisoblanadi.
composer.json fayli
composer.json — loyihangizda foydalanadigan kutubxonalar va ularning talablari haqida ma'lumot beruvchi fayl. U quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi:
- Loyihaning nomi: Loyiha haqida umumiy ma'lumot.
- Talab qilinadigan kutubxonalar: Loyiha talab qilgan kutubxonalar ro'yxati va ularning talqinlari.
- Autoload sozlamalari: Loyiha fayllarini avtomatik yuklash qoidalari.
- Skriplar: Maxsus skriptlarni loyihaga bog'lash imkoniyati.
Misol uchun:
{
"name": "uzdevid/my-project",
"require": {
"monolog/monolog": "^2.0"
},
"autoload": {
"psr-4": {
"App\\": "src/"
}
}
}
Bu misolda, monolog/monolog paketi loyihaga yuklanadi va src/ jildidagi fayllar avtomatik yuklanadi.
composer.lock fayli
composer.lock fayli — Ushbu fayl, paketlarning aniq versiyalarini saqlovchi fayl. Bu fayl paketlarning versiyalarini aniqlik bilan boshqarish uchun zarur. Masalan, agar loyihangizda bir nechta dasturchilar ishlayotgan bo'lsa, ular turli vaqtlarda composer install komandasi orqali bir xil paket versiyalarini o'rnatadi.
Bu fayl quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
- Qattiq bog'langan versiyalar: composer.lock faylida har bir paketning aniq versiyasi ko'rsatiladi, shuning uchun barcha foydalanuvchilar bir xil kutubxona versiyalaridan foydalanadi.
- Tez o'rnatish: composer.lock mavjud bo'lganda, Composer yangi paketlarni yuklashda jarayonni optimallashtiradi, chunki u qidiruvlarni o'tkazib yuboradi.
Agar composer.json yangilansa va paketlar yangilanishi kerak bo'lsa, composer.lock fayli ham yangilanadi.
Xulosa
- composer.json: Paket talablarini belgilaydi va loyihaning umumiy ma'lumotlarini saqlaydi.
- composer.lock: Paketlarning aniq versiyalarini saqlaydi va loyihada bir xil kutubxona versiyalarini ishlatishni ta'minlaydi.
Loyihaning composer.lock har doim faylini versiya nazorati tizimiga kiritish tavsiya etiladi, chunki u loyiha barqarorligini ta'minlaydi va barcha foydalanuvchilar bir xil muhitda ishlashlarini kafolatlaydi.