bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


#Faxrimiz

4-SINF O‘QUVCHISI KOREYS TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLOVCHI XALQARO SERTIFIKATNI QO‘LGA KIRITDI

Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi. 


Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi. 

Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Sevaraning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi oilada akasi Alisher va opasi Sofiya tufayli uyg‘ongan. 

9-sinfda o‘qiyotgan opam ham xalqaro sertifikatga ega. Yaqinda u kishi Koreyada ta’lim sayohatida bo‘lib qaytdilar,-deydi Sevara. -Akam esa Koreyadagi nufuzli oliy o‘quv yurtida tahsil olyaptilar. Men ham kelajakda akam singari dasturchi bo‘lishni maqsad qilganman.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page