bvmmtb.uz

bvmmtb.uz



Rasmiy munosabat 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachining o‘z tarbiyalanuvchisini urib "tartibga chaqirayotganligi” aks etgan videoyozuv tarqaldi. Murojaatda keltirilishicha, ushbu holat Kogon shahridagi “Quyoshjon” oilaviy nodavlat ta’lim tashkilotida ro‘y bergan. 

Mazkur ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Kogon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish olib borildi. Jarayonda ushbu holat joriy yilning 20-noyabr kuni soat 9:30larda Kogon shahridagi "Quyoshjon" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganligi aniqlandi. 

Vazifasini qo‘pol ravishda buzgan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Ayni paytda uning hatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page