bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


ENDILIKDA JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARI VA JISMONIY TARBIYA YO‘RIQCHILARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSLARI 3+1 TIZIMDA ONLAYN VA OFLAYN SHAKLDA AMALGA OSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini onlayn va oflayn shakllarda tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan, endilikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini 3+1 tizimda onlayn va oflayn shakllarda amalga oshiriladi. 

Joriy yilning oktyabr oyida 150 nafardan oshiq buxorolik maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ishdan ajralgan holda ilk bor yangicha tartibda malaka oshirmoqdalar. 

Malaka oshirish kurslari ta’lim jarayonini soha xususiyatidan kelib chiqib, 3 hafta nazariy va metodik mashg‘ulotlar masofaviy, 1 hafta amaliy mashg‘ulotlar bevosita Buxoro Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi  bazasida tashkil etiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page