bvmmtb.uz
#jarayon
Tayanch maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Xabaringiz bor, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan.
Joriy yilning sentyabr oyida Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida Xalqaro taьlim tashkiloti mutaxassisilari tomonidan tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida master-trenerlar va mentor o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etilgan edi.
Ayni paytda mazkur menter o‘qituvchilar tomonidan har bir tuman va shahar hududidagi tayanch maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayonda
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga joriy qilish;
o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik va innovasion ta’lim texnologiyalarini
o‘zlashtirish uchun sharoit yaratish;
o‘qituvchilarning o‘zi ustida mustaqil ishlashi va ilg‘or pedagogik tajribalarni
o‘rganishini tashkil etish;
o‘qituvchilarni fan va uni o‘qitish metodikasiga doir yangiliklar bilan
tanishtirish;
o‘qituvchilarga o‘zaro tajriba almashish, shu jumladan, “Ustoz-shogird”
tizimida hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish;
o‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi, refleksiv amaliyoti hamda maktab
negizida malaka oshirishi uchun imkoniyat yaratib berish maqsad qilingan.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati