bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


YANGI O‘QUV YILIGA SHAYMIZ!

Maktabimiz 2020-yilda yangi maktab sifatida faoliyatini boshlagan bo‘lib, 2022-2023-o‘quv yilida 1067 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya oldi. Pedagogik jamoamiz 74 nafar yosh g‘ayratli, o‘z kasbiga sadoqatli,tashabbuskor va shijoatli o‘qituvchilardan tarkib topgan. 

Bugungi kun - o‘qituvchidan o‘z ustida tinimsiz izlanishni, davr bilan hamqadam bo‘lishni, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtira oladigan yuqori bilim va salohiyatga ega mahoratli muallim bo‘lishni talab etadi. Jamoamiz o‘qituvchilari ana shu talabni chuqur anglagan holda faoliyat olib borishmoqda. Ayni paytda ularning 60 foizi oliy va birinchi malaka toifasiga ega. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarimiz soni 21 nafarni tashkil etmoqda. 

O‘quvchilarimizning ham natijalari shunga munosib tarzda yildan yilga oshib bormoqda. Iqtidorli o‘quvchilarimiz har yili fan olimpiadalarining shahar hamda viloyat bosqichlarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda. O‘tgan o‘quv yilida “Yashil chiroq” tanlovining viloyat bosqichida maktabimizning “Yosh posbonlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Lekin bu yutuqlar biz ko‘zlagan marra emas. Zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan 630 o‘rinli maktabimizda o‘quvchilarga chuqur bilim berish, ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, iqtidorlarni yuzaga chiqarish imkoniyatlari juda keng. 

Ayniqsa, o‘quvchilarga ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish borasida qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Mazkur yo‘nalishda o‘tgan o‘quv yilida oshpazlik, tikuvchilik, milliy qo‘g‘irchoqlar yasash, karvin sanati , robotatextika, ayollar va erkaklar sartaroshi, munchoqli bezaklar, sovundan gullar yasash kabi 10 dan ortiq to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilb, 200 nafarga yaqin o‘quvchi jalb qilindi. E’tiborli tomoni, to‘garaklarda kasb-hunar sirlarini o‘rganayotgan o‘quvchilarning aksariyati bu yo‘nalishda qo‘shimcha daromad ham topishmoqda.  

Yangi o‘quv yilida biz bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirib, o‘quvchilarimizga maktabdan ikkita xorijiy til va bir hunar o‘rgangan holda mustaqil hayotga qadam qo‘yishlariga erishishni maqsad qilganmiz. 

Ayni paytda maktabimiz yangi o‘quv yiliga shay holatda o‘quvchilarni kutmoqda! Bu yil 1-sinflarimizga 140 jajji bolajonlar qabul qilindi. Bilimlar kunida ularning barchasiga “Prezident sovg‘alari” topshiriladi.


Gulnora BERDIYeVA, Buxoro shahridagi 43-umumta’lim maktabi direktori

Report Page