bvmmtb.uz
#viloyat_seminari
MAKTABINGIZ YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORMI?
Yangi - 2024-2025-o‘quv yili ham tobora yaqinlashmoqda. Arafada barcha ta’lim muassasalarida qizg‘in tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.
Xo‘sh, bugun viloyatimizdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga hozirlik ishlari qanday olib borilyapti?
Umuman, bu jarayon qanday tashkil etilishi lozim?
Valoyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan viloyat seminarida ishtirok etgan ta’lim muassasalari rahbarlari ana shu savollarga batafsil javob oldilar.
Seminarda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov va viloyat prokurori yordamchisi Dilshod Zaripovlar ishtirok etdilar.
Seminar jarayonida Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabi tajribasi o‘rganildi.
Dastlab maktab formasi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng sinf xonalari, faye va koridorlar, tibbiyot xonasi, sport zal, kutubxona va faollar zalini bezatish va jihozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Har bir xona belgilangan talab asosida did bilan bezatilganligi va jihozlanganligi alohida e’tirof etildi.
Tadbir jarayonida maktabning sobiq bitiruvchisi tomonidan ta’lim muassasasi kutubxonasiga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarasi Axborot xizmati