bvmmtb.uz
#attestatsiya_natijalari
✳️BUXOROLIK PEDAGOGLAR SALOHIYATI RESPUBLIKA REYTINGIDA ENG YUQORI KO‘RSATKICHNI QAYD ETDI
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan joriy yilgi attestatsiya jarayonlarida 12 486 nafar buxorolik pedagoglar ishtirok etishdi.
Ikki bosqichda o‘tkazilgan sinov jarayonlarida viloyat pedagoglarining umumiy o‘rtacha bali 62.5 foizni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada 1-o‘rin qayd etildi.
E’tirof etish joizki, malaka toifasi sertifikatlarini egallash bo‘yicha ham viloyatimiz pedagoglari peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi.
Quyida fanlar kesimidagi natijalar bilan batafsil tanishishingiz mumkin
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati