bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


#Sarhisob

BUXOROLIK O‘QUVCHILAR XALQARO FAN OLIMPIADALARIDA 28 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITISHDI

Iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodini rivojlantirish maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha bir qancha respublika va xalqaro fan musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur musobaqalar orqali saralangan eng iqtidorli o‘quvchilar nufuzli jahon musobaqalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar.

Faxr bilan aytish kerakki, bugungi kunda ushbu bilimdonlar safida jahon maydonlarida muvaffaqiyat qozonib, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib kelayotgan buxorolik o‘quvchilar safi ham kengayib bormoqda.

Jumladan, joriy yilda Turkmaniston davlatining Ashxobod shahrida "Xalqaro tinchlik va ishonch yili"doirasida o‘tkazilgan II xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan buxorolik o‘quvchilarning 6 nafari nafari (2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza) O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, g‘oliblar safidan joy olishdi. 

Iordaniya davlatining Ammon shahrida o‘tkazilgan xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO)da viloyatimiz o‘quvchilaridan iborat jamoa 9 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 4 ta kumush va 5 ta bronza, Sochida o‘tkazilgan ochiq xalqaro biologiya olimpiadasi (oibo - 2025) da esa 3 ta bronza va 1 ta kumush medaliga sazovor bo‘lishdi. 

Umumiy hisobda 2025-yilda iqtidorli o‘quvchilarimiz tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida 28 ta (2 ta oltin, 16 ta kumush, 10 ta bronza) medal qo‘lga kiritildi. 

Bu yutuqlarda albatta, jonkuyar va fidoyi pedagoglarimizning xizmatlari beqiyos ekanligini alohida e’tirof etish joiz.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page