bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


#Sarhisob

BUXOROLIK O‘QUVCHILAR XALQARO FAN OLIMPIADASIDA 6 TA MEDALNI, ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHIDA 7 TA GʻOLIBLIK O‘RNINI, 2 TA TOIFADA XALQARO INGLIZ TILI OLIMPIADASI(ELO)DA ISHTIROK ETISH IMKONIYATINI QO‘LGA KIRITISHDI 

E’tirof etish joizki, joriy yilning dastlabki choragida buxorolik o‘quvchilar respublika va xalqaro fan olimpiadalarida salmoqli natijalarni qayd etishdi. 

Joriy yilgi asosiy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 7 ta o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika reytingida 3-pog‘onani zabt etishdi.

Shuningdek, 21-25-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Matematika olimpiadasida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdi. 

Bundan tashqari Terma jamoaga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha Ingliz tili olimpiadasiga (ELO) saralash bosqichida kichik yosh toifasida ham, katta yosh toifasida ham viloyatimiz jamoalari g‘oliblar qatoridan joy olib, Iordaniyada o‘tadigan ingliz tili olimpiadasiga yo‘llanma olishdi.

Bu yutuqlarda albatta, jonkuyar va fidoyi pedagoglarimizning xizmatlari beqiyos ekanligini alohida e’tirof etish joiz.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page