bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


✳️Buxoroda "Prokuror sovrini" uchun matematika fanidan o‘tkazilgan onlayn musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandilar

Buxoro viloyati prokurori tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universiteti va “Qorako‘l ziyo” o‘quv markazi hamkorligida matematika fanidan “Prokuror sovrini” uchun musobaqa e’lon qilingan edi. 

Onlayn tarzda ilk bor tashkil etilgan ushbu musobaqada viloyatimizdagi 528 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 58 ming nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi.

 Musobaqa natijalariga ko‘ra, 3-sinflar kesimida 2 681 nafar, 4-sinflar kesimida 2 870 nafar o‘quvchilar faol ishtirok etib, ular orasidan 134 nafar o‘quvchilar 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Ushbu o‘quvchilar tuman(shahar) prokurorlari tomonidan munosib taqdirlanadilar. 

Musobaqada taqdim etilgan savollarga tezkorlik bilan javob jo‘natgan va eng yuqori balni qo‘lga kiritgan 7 nafar o‘quvchilar esa “Prokuror kubogi” sohibi sifatida e’tirof etildilar. 

Bugun, 19-aprel kuni ushbu g‘olib o‘quvchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov, Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti rektori Sadoqat Sidiqova, , Yoshlar ishlari Agentligining Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Raxmonov, ayni paytda viloyatimizda xizmat safarida bo‘lib turgan qo‘qonlik maktab direktorlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar g‘oliblar, ularning ota-onalari va ustozlarini tabriklar ekanlar, ularni bundan-da yuksak marralarni zabt etishga  undadilar.

Shundan so‘ng g‘oliblarga maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page