bvmmtb.uz
FRILANSERLIK ORTIDAN OYIDA O‘RTACHA 1200 DOLLAR DAROMAD TOPAYOTGAN BUXOROLIK O‘QUVCHI BU YO‘NALISHDA O‘NLAB SHOGIRD HAM TAYYORLAMOQDA
Kogon shahridagi 3-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Murod Hamroyev darsdan so‘ng dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilimlarini mustahkamlashga harakat qilib kelmoqda.
Joriy yilda O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovining respublika bosqichida IT va media yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib topildi va sardorlik nishonini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u poytaxtimizda o‘tgan “Xakaton" xalqaro turnirida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 10 000 dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi. g‘olibi bo‘ldi.
Ayni paytda Murod o‘z mahallasida "Frontend" yo‘nalishida to‘garak tashkil qilgan bo‘lib, 24 nafar tengqurlariga ustozlik qilib kelmoqda.
Qolaversa, bu iqtidorli o‘quvchi frilanserlik bilan shug‘ullanib, buning ortidan oyida o‘rtacha 1200 dollar daromad topmoqda.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Quvvatov bu iqtidorli o‘quvchi bilan uchrashib, uning maqsadlari, kelajak rejalari bilan qiziqdi. Yurtimiz ravnaqi Murod kabi intiluvchan, iste’dodli yoshlar qo‘lida ekanligini alohida e’tirof etar ekan, uni astoydil qo‘llab-quvvatlashni bildirdi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati