bvmmtb.uz
#maktab_va_oliygoh
#hamkorlik
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI TALABALARI BUXORO SHAHRIDAGI MAKTABDA AMALIYOT O‘TASHMOQDA
Viloyat maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi hamda Osiyo Xalqaro universiteti tomonidan imzolangan memorandum doirasida hamkorlikdagi ishlar debochasi sifatida Buxoro shahridagi 23-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida universitetning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari joriy yilning 27-mart kunidan pedagogik amaliyotni o‘tashmoqda.
Bugun 23-IDUMning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Charos Polvonova va Feruza Sultonovalar tomonidan talabalar uchun namunali ochiq darslar tashkil etildi.
Darsda o‘rganilayotgan mavzular o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan holda didaktik o‘yinlar, mantiqiy va ijodiy topshiriqlar orqali mustahkamlanib, hayotiy misollar asosida o‘quvchilarga yetkazib berildi. Shuningdek, fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarning xorijiy tillarni o'rganish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar jarayonlarni kuzatib, zamonaviy darslarni tashkil etish usullari, o‘quvchilar bilan individual va guruh ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalar va interfaol metodlarni samarali qo‘llash, pedagogik madaniyat va mahorat sirlaridan voqif bo‘ldilar.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati