bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


#Farmon_va_ijro

PREZIDENT FARMONI MAZMUN-MOHIYATI KENG TARGʻIB QILINDI

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar mamlakatimiz ta’lim tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni tizimdagi xodimlar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Mazkur farmon ta’lim sohasidagi boshqaruvni yanada samarali qilish, pedagogik xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil etish maqsadida keng qamrovli amaliy seminar tashkil etildi. 

Seminarda viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, bo‘lim mas’ullari hamda hisobchilari ishtirok etdilar.

Seminar jarayonida Farmonning mazmun-mohiyati taqdimotlar asosida batafsil tshuntirildi. Farmon ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page