bvmmtb.uz
BIR MAKTABNING UCH NAFAR O‘QUVCHISI IELTS IMTIHONIDA 8 BALLI NATIJANI QAYD ETDI
Buxoro tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari Yasmina Muhiddinova, Shaxriyor Sulaymonov va 8-sinf o'quvchisi Samira Najmiddinova til bilish darajasini baholovchi xalqaro IELTS imtihonida 8 balli natijani qayd etib, C1 darajali sertifikatni qo‘lga kiritishdi.
E’tirof etish joizki, ushbu o‘quvchilar maktab jamoasi tarkibida o‘tgan o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritilishida munosib hissa qo‘shishdi. Qolaversa, yakka tartibda Yasmina tanlovning “Best of the best” (mutlaq g‘olib) Samira va Shahriyor esa “The best reader” nominatsiyasiyalari g‘olibi bo‘lishgan edi.
Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mustaqil hayot sari muvaffaqiyatli qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarimizga omad tilaymiz.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati