bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


BUXORODAGI 487 DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA “BOLALAR BOGʻCHASI” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy hisobga oladigan «Bolalar bog‘chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi ishlab chiqilgan edi. Ayni paytda mazkur tizimni mamlakatimizdagi barcha DMTTlarga joriy etish ishlari olib borilmoqda. 

Jumladan, Buxoro viloyatidagi 487 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimini joriy etish maqsadida mazkur tashkilotlarga WiFi router va 485 dona planshetlar yetkazib berilmoqda.  

Ma’lumot uchun: «Bolalar bog‘chasi» Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi bo‘lib, u orqali bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish va uni monitoring qilish avtomatlashtirilgan tizim orqali boshqariladi. Buning natijasida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish jarayonining shaffofligiga erishiladi.  

“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimining yana bir afzalligi shundaki, u tashkilotga qamrab olingan tarbiyalanuvchilar hamda xodimlarni yuz qiyofasi orqali avtomatik ravishda ro‘yxatga oladi. Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi har bir daqiqasi nazoratda bo‘ladi. Xodimlarning ham har bir kuni, soatigacha ko‘rsatilib boriladi. Agar MTTning biror xodimi ishdan vaqtli ketsa yoki sababsiz ishga kelmasa, ularning ish soati to‘laqonli yozilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, davomat masalasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ba’zi ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga ijobiy yechim bo‘lishga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page