bvmmtb.uz
#Islohotlar_natijasi
BUXORODA BOLALARNING MAKTABGACHA TA’LIMGA QAMROVI 88 FOIZGA ETKAZILADI
Ayni paytda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida Buxoro viloyatida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Eng avvalo, maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar qamrovini oshirish, mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina 2023-yil davomida viloyatda 170 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, davlat dasturlari doirasida 22,5 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga 7 ta (2 ta yangi qurilish, 4 ta rekonstruksiya, 1 ta mukammal) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda 487 ta davlat va 1544 ta nodavlat, jami 2031 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yilib, maktabgacha ta’limga talab yuqori bo‘lgan hududlardagi maktablarning bo‘sh turgan binolarida 6 yoshli boshlang‘ich bir yillik bepul 278 ta guruhlar tashkil etildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan va asosan viloyatning borish qiyin 5 ta chekka hududida “Aqlvoy" avtobuslari negizida ko‘chma mobil guruhlar tashkil qilinib, 239 nafar 3-7 yoshli tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.
Olib borilgan bu kabi sa’y-harakatlarimiz natijasida 2023-yil yakunlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim yoshidagi 152 893 nafar bolalarning 129 195 nafari yoki 85,1 foizi (+8,2 %) MTTlarga qamrab olindi.
Mutaxassislarning aytishicha, inson umri bo‘yi to‘playdigan bilimlarining 80 foizidan ortig‘ini 6 yoshiga qadar egallaydi. Demakki,inson hayotida 6 yoshgacha bo‘lgan davr – muhim hisoblanadi.
Bu davrda xorijiy tillarni o‘rgatish ham samarali kechadi. Til o‘rganish – bola xotirasini mustahkamlash barobarida, dunyoqarashini ham kengaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, til bilish – bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi metodik tavsiya aynan shu maqsad va talablarni o‘zida mujassam etganligi bilan ham ahamiyatli. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga mo‘ljallangan ushbu qo‘llanma 72 soatlik taqvimiy mavzular rejasi, dars ishlanmalari, kommunikativ o‘yinlar va foydali resurslar jamlanmasidan iborat.
Ushbu tavsiyani tayyorlashda viloyatimizdagi eng tajribali va salohiyatli pedagoglarimizni jalb etilgan bo‘lib, 5-7-yoshli bolalarning yosh xususiyatlari va o‘zlashtirish imkoniyatlarga alohida ahamiyat qaratilgan.
Yangi -2023-2024-o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu mazkur qo‘llanma asosida tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilariga ingliz tili o‘rgatilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi va ta’lim sifati tizimda faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar salohiyatiga bog‘liq. Shu bois MTTlarni salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 11 583 nafar pedagoglarning 4 865 nafari(42 %) oliy ma’lumotli, 6 718 nafar(58 %) o‘rta maxsus ma’lumotli hisoblanadi. Oliy ma’lumotli pedagoglarning 521 nafari (4,7%) malaka toifasi ega pedagoglardan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy mahoratini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish malakalarini rivojlantirish maqsadida ushbu sohadagi ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan pedagoglar, shuningdek, Buxoro davlat universiteti va Davlat pedagogika institutinining professor o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 23 ta o‘quv-seminarlari, 14 ta mahorat darslari va treninglar tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, 2023-yilda Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 1 118 nafar (106 %) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlari, “Oshpazlar uyushmasi”ning Buxoro filialida 556 nafar oshpazlar hamda Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Buxoro filialida 241 nafar hamshiralar malaka oshirish kurslariga jalb etildi.
2023-yilda “Yilning eng yaxshi tarbiyachi” tanlovining Respublika bosqichida yetti nafar o‘qituvchi ishtirok etib, Romitan tumanidagi 24- son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Qunduz Yazilova 3-o‘rinni egallab qaytdi.
Eng ilg‘or kasbiy mahorati yuqori bo‘lgan 3 nafar tarbiyachilarning ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirildi.
Mutaxassislarning aytishicha, inson umri bo‘yi to‘playdigan bilimlarining 80 foizidan ortig‘ini 6 yoshiga qadar egallaydi. Demakki,inson hayotida 6 yoshgacha bo‘lgan davr – muhim hisoblanadi. Bugun mutaxassislarimiz tomonidan maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qator tajribalar ham yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilariga elemyentar matematika o‘rgatish bo‘yicha o‘rta guruhlar uchun 5 ta tavsiya va mashg‘ulot ishlanmalari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi.
Bundan tashqari xorijiy tillarni o‘rgatish maqsadida yangi metodik tavsiya ishlab chiqildi. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga mo‘ljallangan ushbu qo‘llanma 72 soatlik taqvimiy mavzular rejasi, dars ishlanmalari, kommunikativ o‘yinlar va foydali resurslar jamlanmasidan iborat.
Ushbu tavsiyani tayyorlashda viloyatimizdagi eng tajribali va salohiyatli pedagoglarimizni jalb etilgan bo‘lib, 5-7-yoshli bolalarning yosh xususiyatlari va o‘zlashtirish imkoniyatlarga alohida ahamiyat qaratilgan.
2023-2024-o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu mazkur qo‘llanma asosida tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilariga ingliz tili o‘rgatilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etish masalasi ham bugun alohida e’tiborda. Ayni paytda viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida ovqatlantirish tashkil etilgan bo‘lib, bu jarayon boshqarma tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Shuningdek, viloyatdagi 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilgan.
Joriy yil davomida ham tizimda amalga oshirilayotgan bu kabi faoliyatimizni yanada kuchaytirib, natijalarimiz salmog‘ini oshirishga harakat qilyapmiz.
Joriy yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini 88 foizga olib chiqishni rejalashtirganmiz. Buning uchun 93 ta (2500 o‘rinli) oilaviy hamda 6 ta (240 o‘rinli) davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Buxoro va G‘ijduvon tumanlarining chekka hududlarida “Aqlvoy” avtobuslari negizida yana 2 ta mobil guruhlari tashkil etilib, 96 nafar bolalar qamrab olinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli o‘qituvchilar salmog‘i 55 foiz, malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi 10 foizga yetkaziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan oshpaz, hamshira va xo‘jalik mudirlari uchun nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarida har yili 250 nafar mas’ul xodimlar o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Farrux QURBONOV, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i