bvmmtb.uz
❇️IKKI BUYUK DAHO IJODIY MEROSINI O'RGANISHGA BAGʻISHLANGAN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti hamkorligida buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishda Navoiy va Bobur ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Unda umumta’lim maktablari hamda institutning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiyaning yalpi yig‘ilishida taniqli professor-o‘qituvchilar va olimlar tomonidan mavzu doirasida ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilarga ikki buyuk daho ijodi xususida qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi metodistlari hamda maktab o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Konferensiyaning ikkinchi qismi Buxoro shahridagi 29-IDUM da davom etdi. Bunda ishtirokchilarning mumtoz asarlarni o‘qitishda o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishning o‘ziga xos metodlari, A. Navoiy va Z. M. Bobur ijodiy merosini o‘rganishning interfaol usullari, ilg‘or tajribalar va innovatsion g‘oyalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etgan o‘qituvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati