bvmmtb.uz
February 11, 2024#topshiriq_va_ijro
❇️MAKTABLARDA OLIB BORILAYOTGAN TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARI TAHLIL QILINDI
🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov boshchiligida viloyat maktablarida o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiya jarayonlarida ota-onalar va mahalla hamkorligini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlarga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va barcha maktab direktorlari ishtirok etdilar.
🔹Yig‘ilishda asosiy e’tibor maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida qonun buzilishlarga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, sababsiz darsdan qolayotgan o‘quvchilarni aniqlash, sabablarini o‘rganish hamda ta’lim olishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf qilish maqsadida olib borilayotgan tezkor tadbirlar va ularning natijalariga qaratildi.
🔹 O’quvchilar ta’lim-tarbiyasini uzviy tashkil etishda ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
🔹Mas’ullarga yig‘ilishda qayd etilgan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini nazorat va muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati