bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


#viloyat_seminari

PEDAGOG VA TARBIYACHILAR UCHUN O‘ZIGA XOS TAJRIBA VA MAHORAT DARSLARI

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Olot tumanidagi 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "G'aroyib olam" mavzusidagi seminar tashkil qilindi. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining pedagogik salohiyatini oshirish va ular orasida o‘zaro tajriba almashish muhitini yaratish, ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini ommalashtirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur seminarda Jondor, Olot va Qorako‘l tumani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog hamda tarbiyachilari ishtirok etdilar.  

Seminar jarayonida ishtirokchilar muassasada olib borilayotgan ta’limiy va mustaqil faoliyat jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. 

“Qo’shni mamlakatlar”, “Mamlakatimiz tinchlik va do’stlik mamlakati”, “Havo sharini birga uchiramiz” kabi mavzulardagi zamonaviy interfaol metodlarga asoslangan mashg‘ulotlarni kuzatdilar, “Navoiyni yod etib” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdilar. 

Mazkur seminar pedagog va tarbiyachilar uchun o‘ziga xos tajriba va mahorat darsi bo‘ldi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page