bvmmtb.uz

bvmmtb.uz


Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 71-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar haqqiga xiyonat qilish holati aniqlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. 

Ushbu holat joriy yilning 24-yanvar kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan bo‘lib, bu haqda boshqarmaning rasmiy telegram sahifasida batafsil ma’lumotlar berilgan edi.

Holatni yuzaga keltirgan sabablar o‘rganilib, o‘z vazifasini su’ite’mol qilgan ta’lim tashkilotining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiri, bosh oshpazi, oshpaz, hamshira va metodist (tashkilot direktori mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 

Ayni paytda mazkur holatga qonuniy baho berish bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Shu o‘rinda yana bir bor viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish masalasi doimiy nazoratda ekanligi va bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchilik va noqonuniy hatti-harakatga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi belgilanganligini ma’lum qilamiz. 

Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlaridan davlat tomonidan berilayotgan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini to‘liq yetkazib berilishini ta’minlash va tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page