buxvxtb.uz

buxvxtb.uz


#янги_ғоя_янги_ташаббус

MAKTAB BITIRUVCHILARI BUXORO SHAHRIDAGI “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZIDA BO‘LISHDI

Buxoro tumanidagi 35-umumta’lim maktabining 9-va 11-sinf bitiruvchilari Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.


Bu yerda o‘quvchilar 10 ta xizmat ko‘rsatish, 6 ta texnik, 3 ta qishloq xo‘jaligi, 2 ta qurilish va 2 ta raqamli texnologiya sohasidagi kasblar, bundan tashqari, 4 ta xorijiy tillar va tadbirkorlik yo’nalishlarida kasblarning murakkablik darajasi asosida 2 oydan 4 oygacha o‘qitilishi haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.

Markazni tugatganlar maxsus sertifikatni olgach, mutaxassisligi bo‘yicha jahonning eng ilg‘or va yetakchi ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.


Sayohat davomida yoshlar zamonaviy o'qitish jarayonlari bilan tanishib, tinglovchilar bilan birgalikda bevosita dars mashg’ulotlarida ishtirok etdilar.



Monomarkazga maktab bitiruvchilarining mustaqil hayotiga ko'maklashuvchi maskan sifatida tashrif buyurgan yoshlar qalbidan chuqur joy olib, kelajakka dadil qadam qo'yishda kata umid va ishonch berdi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

 


Report Page