buxvxtb.uz

buxvxtb.uz


#zamonamiz_qahramonlari

25 YOSHIDA RESPUBLIKADA ENG YAXSHI INGLIZ TILI FANI O'QITUVCHISI, 30 YOSHIDA XALQARO TRENER VA MAHORATLI USTOZ MAQOMIGA EGA BO'LGAN MUALLIMA

Kogon tumanidagi 16-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulnora Abdullayeva 8 yillik pedagogik faoliyatga ega.

 Istiqlol bilan tengdosh muallima tizimda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foylangan holda qisqa fursat mobaynida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Izlanuvchanligi va tirishqoqligi tufayli faoliyatining uchinchi yilidayoq, tumanda yo‘lga qo‘yilgan metodik o‘quvlarda trenerlik, fan olimpiadalarida esa hakamlik qila boshladi. 2016-yilda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida faxrli o‘rinni egalladi. Tanlov g‘oliblari qatorida 2017-yilda Buyuk Britaniyaning Buyuk Britaniyaning Glazgo Kaledoniya universitetiga ikki oylik stajirovka o‘tab qaytdi. Amaliyot jarayonida qo‘lga kiritgan sertifikat unga xalqaro trener sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini taqdim etdi.

2017-2018-yillar davomida xorijiy universitetdan o‘rgangan bilim va tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lishish maqsadida u tuman, viloyat miqyosida turli seminar-treninglar tashkil etdi. Yosh ingliz tili o‘qituvchilariga pedagogik ko‘nikmalarini oshirishga yordam beruvchi mahorat darslarini olib bordi.

Oxirgi 2 yil muallimaning faoliyatida juda omadli keldi. 2020-yilda u chet tilini bilishning CEFR C1 darajasi uchun o‘tkazilgan testda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 93 foiz natija ko‘rsatdi. Bundan tashqari Xalqaro TESOL sertifikatini qo‘lga kiritdi. Amerika elchixonasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarini tayyorlash loyihasida asosiy trener o‘qituvchi sifatida saralab olindi.

Joriy yilning sentabr oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan “3o yillikka 30 ta mukofot tanlovida ham ushbu izlanuvchan muallima ijodiy maqolasi bilan ishtirok etib, g’oliblar qatoridan joy oldi va “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.  

Umr-bebaho ne’mat. Hayotimizning har bir lahzasi oltinga teng. Ana shu haqiqatni teran anglagan holda Gulnora vaqtdan unumli foydalanishga, bo‘sh qolgan har bir daqiqasini ilm olib, o‘z mahorati, tajribasini oshirishga intiladi. Maktabda o‘qituvchi, universitetda magistrant bo‘lish bilan bir qatorda ayni paytda qadar u Amerika elchixonasi va Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan turli o‘quv kurslarida, vebinar va seminar-treninglarda faol ishtirok etib kelmoqda. Hozirda ham Nyu Yorkning J.Meyson universiteti TETE kurslarida onlayn tahsil olyapti.

-Har imkonning so‘rovi bor. Atrofingda seni har qadamda qo‘llab-quvvatlab turishsayu, unga munosib javob qaytarmasang. Bu mas’uliyatsizlikdan, noshukrlikdan boshqa narsa emas- -deydi Gulnora. – Meni maktabning tirishqoq o‘quvchilari, mehribon va inoq o‘qituvchilari, har doim g‘oya va fikrlarimizni qo‘llab quvvatlovchi innovasion rahbarlarim hamisha ilhomlantirib kelishadi. Yutuqlarimning asl sababi shunda. 

-Maqsadim - yosh avlodning ingliz tilini puxta o‘rganishlari, shu orqali zamonaviy ilm-fan sirlarini hech qanday tarjimon ko‘magisiz egallab, jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlarida munosib hissa qo‘shishdir.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

 


Report Page