bux.vxtb.uz

bux.vxtb.uz


Yangi_O‘zbekistonning_fidoyi_ustozlari

O‘ZI BALAND MARRALARNI ZABT ETIB, O‘QUVCHILARINI HAM SHUNGA UNDAYOTGAN SHIJOATLI MUALLIM

Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik sanasi Peshko‘ tumanidagi 21-umumta’lim maktabining oliy toifali informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Farid Rahmonov uchun ham qo‘shaloq shodiyonalarga boy bo‘ldi. Intiluvchan muallim Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan o‘tkazilgan "O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi laureati" tanlovining respublika faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib, 20 million pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, ilg’or ish taqjribasi respublika miqyosida ommalashtirildi.

-O‘qituvchilikda – talabchanlik nihoyatda muhim, deb o‘ylayman, -deydi u. –Ammo bu talabchanlikni avvalo o‘zingdan boshlashing kerak bo‘ladi. Qachonki sen o‘z ustinda ishlab, qandaydir natijalarga erisha boshlasang, o‘quvchilaringni ham ortingdan ergashtira olasan. Ana shundagina ularga ko‘p narsa berib, ko‘p narsani talab qilishing va ularning qalbida o‘z faningga ishtiyoq uyg‘otib, yutuqlar sari undashing mumkin.

E’tirof etish joizki, o‘z faoliyatini ana shu qoidalarga asoslanib, olib borayotgan Farid Rahmonovning 10 yillik pedagogik faoliyatiga nazar solar ekanmiz, o‘ziga xos pedagogik ish uslubi orqali salmoqli natijalarni qo‘lga kiritganiga guvoh bo‘lamiz.

Uning kuchli bilim va yuksak pedagogik mahorat uyg‘unligidagi saboqlarini olayotgan o‘quvchilar 2015-2016-o‘quv yilidan buyon “Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadalarining viloyat bosqichlarida muntazam ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda.

2017- yilda izlanuvchan o‘qituvchining o‘zi "Eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resurslari" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2018- va 2019- yillarda ketma-ket  "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi va respublika bosqichlarida ham faol ishtirok etib, Xalq ta’limi vazirligining diplomi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, u "Bir million o‘zbek dasturchilari" loyihasining respublika seminarida ham o‘z takliflari bilan ishtirok etib, maxsus sertifikatga ega bo'ldi.

Yangi O‘zbekistonning g‘ayrat-shijoatli fidoyi o‘qituvchisi sifatida Farid Rahmolnov doimiy izlanishda. Ayni paytda tuman va viloyat miqyosida tashkil etilayotgan tayanch o‘quvlarida trener o‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib, hamkasblariga fanga oid yangiliklarni yetkazib kelmoqda.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

 

Report Page