buxvxtb.uz

buxvxtb.uz


✳️BUXORODA YANGI O‘QUV YILI UCHUN MAKTAB LIBOSLARINI TAYYORLASH JARAYONLARI BOSHLANDI 

🔹Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori asosida 2022-2023- o‘quv yilidan o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etilshi belgilangan. 

🔹Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 42 ta korxona ta’minotchi sifatida tanlandi. 

🔹Viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalardan biri sanalgan Vobkent tumanidagi “ Ekvatorial Chodak” korxonasi yetakchi ta’minotchi hisoblanadi. 

🔹Bugun, 22-iyun kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva bir qator mas’ullar hamrohligida mazkur korxonada bo‘lib, maktab liboslarini tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. 

🔹Liboslarni tayyorlashda ularning dizayni, sifati va hamyonbopligiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi borasida o‘zaro maslahatlashib olindi.


Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page