buxvxtb.uz

buxvxtb.uz


“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORIGA VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASINING SOVGʻASI TOPSHIRILDI

Xabaringiz bor, joriy yilda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan iqtidorli qizlarning bir guruhi "Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. 

Buxoro shahridagi 2-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mushtariy Begim Shonazarova ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan iqtidorli qizlar qatoridan o‘rin oldi. 

Bugun, 11-mart kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva Mushtariy Begim ta’lim olayotgan maktabda bo‘lib, u bilan uchrashdi. 

Mushtariy Begimni ushbu yuksak mukofot sohibasi bo‘lganligi bilan qutlab, unga xalq ta’limi boshqarmasining sovg‘asini topshirdi.

 Uchrashuv jarayonida bugun mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa, qizlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar xususida to‘xtalar ekan, Mushtariy Begimning sinfdosh dugonalarini ham o‘z qobiliyat va iste’dodlarini namoyish etgan holda bu imkoniyatlardan samarali foydalanishga undadi.

Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page