buxvxtb.uz
ONLAYN OLIMPIADA GʻOLIBLARIGA XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING QIMMATBAHO SOVGʻALARI TOPSHIRILDI

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchilarning qishki ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida joriy yilning 6-10-yanvar kunlari matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan onlayn olimpiada bo‘lib o‘tgan edi.
Ushbu olimpiadada buxorolik o‘quvchilar ham faol ishtirok etib, ulardan 2 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Bugun, 18-yanvar kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasida onlayn olimpiada g‘oliblari bo‘lgan Gʻijduvon tumanidagi 32-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Jasur Olimov hamda Qorovulbozor tumanidagi 2-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Mira Rahmonovalarga xalq ta’limi vazirligining qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Qurbonov g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlarini tabriklar ekan, bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishini tiladi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati