buxoro vxtb. uz

buxoro vxtb. uz

Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasiAugust 10, 2021

BUXORODAGI 15 TA MAKTABDA “ZAMIN” FONDI DASTURI DOIRASIDA ICHIMLIK SUV TA’MINOTI VA SANITARIYA TIZIMI YARATILADI

“Zamin” fondi tomonidan "Umumta’lim maktablarida suv, sanitariya va gigiyena" dasturi doirasida viloyatimizning Jondor tumanidagi 11-maktabda suv ta’minoti va sanitariya tizimi yaratilganligi haqida avvalroq xabar bergan edik. Buning uchun maxsus quduq burg‘ulanib, ichimlik suvi darajasiga qadar suv tozalash uskunasi o‘rnatildi, gigiyena standartlariga javob beradigan infratuzilma yaratildi va suvni ikkilamchi tozalash tizimi tashkil etildi.

Keyingi ikki yil davomida Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta umumta’lim maktablarida ichimlik suv ta’minoti va sanitariya tizimini yaratish, o‘quvchilar uchun sanitariya va gigiyena bo‘yicha ma’rifiy darslar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda UNICEF tashkiloti hamkorligida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ijtimoiy muassasalarni suv bilan ta’minlash va sanitariya-tozalash konsepsiyasi ishlab chiqildi. 




Loyiha doirasida Fransiyaning Aquassistance tashkiloti tomonidan Gʻijduvon, Shofirkon, Peshko', Jondor, Kogon va Romitan tumanidagi 17 ta umumta’lim massasalarini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida “Zamin” fondi boshchiligida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, viloyatdagi 15 ta umumta’lim maktabida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirildi. 

Ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi, "Zamin" fondi va  O'zsuvta'minoti AJ o‘rtasida shartnomalar tuzilgan bo'lib, smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.  

Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati


 





Report Page