buxoro vxtb. uz

buxoro vxtb. uz

Бухоро вилоят халқ таълими бошқармаси

Ilg’or tajriba

“ MUAMMONING UCH ILDIZI “ VA  “AQL MNEMONIKASI”

tarix fanini o’qitishdagi muammolarning samali yechimi

O’z tajribamdan tarix darslarida murakkab mavzularni o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan  ikkita texnologiyani tavsiya qilaman. Bu texnologiyalar: “Muammoning uch ildizi” hamda “Aql mnemonikasi”dir.

“ Muammoning uch ildizi “

Har qanday murakkab masala yoki muammoning yechimi bir nechta asos(ildiz) ga taqaladi. Muammoni yechishni aynan o’sha kichik ildizdan boshlamoq lozim.

     Men ham tarix darslaridagi murakkab mavzularni avvalo tub ildiziga e’tibor qaratdim, o’z navbatida uni shartli uchga bo’ldim. O’z-o’zidan yana kichik muammolarni uchga bo’lib, unga yechim topishni osonlashtirishga harakat qildim . Ma’lumki, tarix darslarini o’quvchining o’zlashtirishida qiyinchilik  tug’diradigan jihatlardan biri bu - tarixiy shaxslar, tarixiy yil va sanalar hamda tarixiy atamalarning ko’plab uchrashidir. Ularning barchasini chalkashtirmay aniq eslab qolish juda qiyin.

“ Muammoning uch ildizi” texnologiyasida aynan shu muammoni bartaraf etishni maqsad qildim.

Har bir muammo yechimi oddiylikdan murakkablikka qarab o’quvchini ishlashga yo’naltiradi. Lekin bunda muammolar yechimi orasidagi izchillikka ahamiyat qaratish lozimki, ular bir-birini to’ldirishi, bir-biriga bog’liq bo’lishi darkor.

1-muammo   Tarixiy shaxs

Birinchi:O’quvchi tarixiy shaxsning yashagan davrini aniqlashtiradi

Ikkinchi:Tarixiy shaxsni amalga oshirgan ishlari yoki u bilan bog’liq ma’lumotlarni bilib oladi

Uchinchidan:tarixiy shaxsning izdoshlari, shogirdlari, avlodlari sulola davomchilari haqida bilib oladi

2-muammo Tarixiy sana:  

Birinchi:shu tarixiy asr yoki sanada tarixiy shaxs bilan bog’liq qanday voqea yuz bergani aniqlanadi.

Ikkinchi :Voqeaning to’liq tafsiloti bunda keltirilgan sana bilan bog’liq bo’lgan sanalar bilan to’ldiriladi.

Uchinchi:Aynan shu  voqea yuz bergan davrda yoki sanada jahon (o’zbekiston) tarixida qanday voqea sodir bo’lganini bilib oladi.

3-muammo Tarixiy atama

Birinchi:tarixiy atama izohi keltiriladi

Ikkinchi :tarixiy atamani qaysi tildan olinganligi lug’aviy ma’nosi keltiriladi.

Uchinchi: Keltirilgan tarixiy atamani bugungi kundagi ahamiyati va kundalik hayotda qanday tarzda qo’llanilishi. 

       “ Muammoning uch ildizi” texnologiyasining qulayligi uni darsni xoxlagan turida yangi bilim va tushuncha berish; takrorlash va tarix fani chuqurlashtirib o’tiladigan sinflarda nazorat ishi sifatida ham olish mumkin.

 “ Muammoning uch ildizi”ni darsni hamma bosqichida qo’llash mumkin shu bilan birga butun dars davomida ham foydalanish mumkin.

     "Muammoning uch ildizi”ni darsning o’tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifa  bosqichida qo’llash jarayonida o’quvchi avvalo turli manbalardan izlanadi , muloqot qiladi, fikrlaydi og’zaki nutqi ravonlashadi. Eng muhimi, unda tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantiriladi. 

O’quvchilarga murakkab mavzularni tushuntirishda "Muammoning uch ildizi” metodidan foydalanish jarayonida o’quvchilarni tarix faniga nisbatan  qiziqishi yanada ortadi. O’quvchilarning tarixiy bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalari DTS talablariga muvofiqligi ta’minlanadi.

“Aql mnemonikasi”

O’quvchilarni fanni o’zlashtirish darajasini kuzatib, har chorak yakunida o’tilgan mavzular yuzasidan olingan test sinovi natijalarini tahlil qilib, ular bilimidagi bo’shliqlarni aniqlaymiz. Shundan kelib chiqib chora-tadbir ishlab chiqiladi. Ammo hamma vaqt ham shu bilan muammo to’liq bartaraf etilmaydi. Chunki bo’shliq aniqlangan mavzu allaqachon o’tib bo’lingan, uni takror tushuntirishga qo’shimcha soat ajratishni imkoni yo’q. To’garak mashg’ulotlariga esa o’quvchini to’liq qamrab olib bo’lmaydi. Bu masalani dolzarbligini, Ta’lim inspeksiyasining nazoratlari hamda, tashqi va ichki monitoring natijalari ko’rsatib turibdi. Xo’sh o’quvchi bilimidagi bo’shliqni qachon va qanday bartaraf etish mumkin?.Menimcha bo’shliqni darsni o’zida bartaraf etish lozim. Buning uchun “Aql mnemonikasi” metodni taklif etmoqchiman.Ushbu metod o’zida bir necha bosqichlarni jamlagan, u uch bosqichda amalga oshiriladi.

Mnemonika(yunoncha-eslab qolish san’ati)Sun’iy assotsiatsiyalar hosil qilish yo’li orqali esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytirish usullari tizimi. Mexanik yodlash usuli “Aql mnemonikasi” usulida tushunib esda saqlashga e’tibor qaratiladi.Ushbu uslub asosan o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirishga yordam beradi.

Birinchi bosqichda o’quvchilarga o’tilgan mavzuni muhim ma’lumotlari aks etgan jadval taqdim etiladi va o’quvchi 1-2 daqiqa davomida ushbu ma’lumotlarni eslab qolishga harakat qiladi. Jadvaldagi ma’lumotlar 9 tadan kam 15 tadan oshiq bo’lmasligi kerak.  

Ikkinchi bosqichda o’quvchilardan ma’lumotlar jadvali olib qo’yilid, undagi ma’lumotlarni zanjir shaklida o’quvchilar tomonidan izohi bilan aytib o’tiladi. Sharti shundaki, birinchi o’quvchi aytgan ma’lumotini ikkinchi o’quvchi takrorlab o’zi ham qo’shimcha ma’lumot aytishi lozim, uchinchi o’quvchi esa oldingi  2 o’rtog’I aytgan ma’lumotlarini takrorlab aytib, o’zi ham qo’shimcha ma’lumot aytishi kerak bo’ladi va shutariqa qolganlar ham davom etadilar. Ma’lumotlarni chalkashtirib aytsa yoki o’zi qo’shimcha qilolmasa, o’sha o’quvchi o’yindan chiqadi.

Uchinchi bosqichda o’sha jadvaldagi ma’lumotlar yuzasidan lotareya o’yini o’tkaziladi. Bunda o’quvchi o’qituvchi tomonidan berilgan savolning javobini o’sha jadvaldan topib belgilashi lozim.To’g’ri javoblarni belgilagan o’quvchilar g’olib hisoblanadi

Metodni soddaligi qo’llash jarayonida o’qituvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, shu sababdan kichik sinflarda ham qo’llash mumkin. Bunda o’quvchi:

v   o’z ustida ishlaydi, ko’rgan ma’lumotlari yuzasidan fikr yuritib, ularni xotirasida saqlab qolishga harakat qiladi;

v   sinfdoshlari fikrini tinglaydi, mulohaza qilib ularni davom ettiradi;

v   olgan bilimini sinaydi, mehnatini baholashni o’rganadi;

Metoddan muntazam foydalanish o’quvchilarni darsdagi faolligini va fanga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Metodni o’ziga xos bir necha bosqichlardan iborat ekanligi, o’yin tarzida olib borilishi o’quvchini zerikib qolmasligini ta’minlaydi.

Ushbu metoddan darsning mustahkamlash bosqichida vatakrorlash darslarida foydalanish ko’proq samara beradi. Bunda o’qituvchi bir paytning o’zida o’quvchi bilan ham individual, ham guruhda ishlash imkoniga ega bo’ladi va oxirida ularning bilimini sinovdan o’tkazadi. Sinov natijalarini e’lon qilish va keltirilgan to’g’ri javoblarni izohlash bilan mavzu yanada mustahkamlanadi shu orqali qolgan ba’zi bo’shliqlar ham to’ldiriladi.

Nargiza Safarova, Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 63-IDUMIning tarix fani o’qituvchisi


Report Page