"Pensiya jamg‘armasining hisoboti va tizimidagi so‘nggi yangiliklar"

"Pensiya jamg‘armasining hisoboti va tizimidagi so‘nggi yangiliklar"

MoliyaPress

Joriy yilning 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Pensiya jamg‘armasining hisoboti va tizimidagi so‘nggi yangiliklar» mavzusidagi 2022 yilning 9 oyida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi hamda joriy yilning 4-choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.  

Tadbirda Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati rahbariyati, boshqarma boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, Pensiya jamg‘armasining 2022 yil 9 oyligi daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari 23 032,0 mlrd.so‘m belgilangan bo‘lib, ijro 24 097,8 mlrd.so‘mga yoki 105 foizga bajarildi. Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan 4,2 mln. nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga 36,7 trln.so‘m xarajatlar amalga oshirildi.

2022 yilning 9 oy davomida Pensiya jamg‘armasi tomonidan 336,9 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming nafarga yoki 14,6 foizga oshgan.

Shuningdek, 2022 yil sentyabr oyida pensiyalarning bir oylik o‘rtacha miqdori 1 035,8 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 112,9 ming so‘mga yoki 12,0 foizga oshgan;

 - nafaqalarning bir oylik o‘rtacha miqdori 671,8 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 94,9 ming so‘mga yoki 16,5 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida 3,9 mln.dan ortiq oilaning bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida arizalari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga kiritilib, 1,8 mln. tasiga (46%) oilaga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlab berildi.

 Bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2 350 mingdan ortiq oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanib to‘lanib kelinmoqda.

Jumladan:

- 664,4 ming nafar fuqarolarga bola tug‘ilganda beriladigan suyunchi 

va 116,1 ming nafar fuqarolarga dafn marosimi uchun nafaqalarni ular tomonidan Jamg‘armaga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq bankining istalgan filialiga borgan holda to‘lanishi ta’minlandi;

 - 337 ming nafar fuqarolarga pensiya (nafaqa) tayinlanganligi, ro‘yxatda turishi hamda miqdori to‘g‘risida ma’lumotnomalar elektron shaklda taqdim etildi;

- 110,4 ming nafar fuqaroga birgina pasport asosida Jamg‘armaga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat xizmatlari markaziga borgan holda 8 xil turdagi nafaqalar tayinlanishi ta’minlandi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlaridan foydalanishini joriy etildi. 

Hozirgi kunga kelib, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga 16 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan 52 turdagi ma’lumotlar elektron olinmoqda. Jumladan 2022 yilning o‘tgan davrida qo‘shimcha 8 turdagi (I va II guruh nogironlari, kasb-hunar kolleji, texnikum yoki akademik litsey o‘quvchisi, 18 yoshdan maktab o‘quvchilari, yoshlar dafturi, temir daftari, ayollar daftari, vafot etgan fuqarolar, arizachining manzili to‘g‘risidagi) ma’lumotlar elektron olinishi ta’minlandi.

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida 3,9 mln.dan ortiq oilaning bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida arizalari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga kiritilib, 1,8 mln. tasiga (46%) oilaga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlab berildi. Bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2 350 mingdan ortiq oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanib to‘lanib kelinmoqda.

2022 yilning yanvar – centyabr oylarida 123 899 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan ariza, shikoyat va takliflar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi (shundan, 98 650 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelgan).

Bosh Prokuratura “Ishonch” telefoni orqali kelgan 12 715 nafar va Pensiya jamg‘armasi “Ishonch” telefoni orqali 1 683 nafar fuqarodan qabul qilingan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib, joyiga chiqib o‘rganilgan holda ijrosi ta’minlandi.

Qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida 21 928 marotaba fuqarolar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib (shundan, ijro etuvchi apparat tomonidan 48 marotaba), pensiya ta’minotiga oid murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi, 3 marotaba matbuot anjumani va 4 brifing tashkil etildi, Jamg‘armaning www.pfru.uz saytga 148 ta maqola joylashtirildi.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar:

Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish yuzasidan 2022 yilning 9 oy davomida 3 ta O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmonlari va 4 ta qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori va 1 ta farmoyishi qabul qilindi.

 Bundan tashqari, 

 –6 ta - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga;

 –4 ta - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga;

 –2 ta - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, bugungi kun holatiga muvofiqlashtirildi.

Kiritilga o‘zgartirishlarga muvofiq:

- Ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash bo‘lish vaqtining xammasini jamlanganda ko‘pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo‘shib hisoblash huquqi berildi;

Natijada, 80 mingdan ortiq 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan ayollarning pensiya miqdorlari o‘rtacha 15 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha oshdi.

- o‘quvchi va talabalar boquvchisini yo‘qtoganlik pensiyasini olish huquqini ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lgunga qadar saqlab qolish huquqi berildi.

Natijada, 12 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchi va talabalarning pensiyalari 23 yoshgacha uzaytirildi.

- nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Pensiya jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha 66,4 mlrd so‘m ajratildi.

Shu bilan birga, joriy yilda 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng ko‘p miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirish nazarda tutuvchi Qonun loyihasi qabul qilindi. 

Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob kitob qilinib o‘rtacha oylik pensiya miqdori 400 ming so‘mgacha oshishi kuzatiladi.

2022 yil 26 oktabr kuni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-795-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1 yillik ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda ish staji va ish hakilarini inobatga olgan holda har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.

Natijada, 2023 yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari ularning arizalariga asosan qayta hisob-kitob qilinib o‘rtacha 300 ming so‘mgacha oshadi. Kelgusida nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin mehnat faoliyatini olib boragan 43 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari har 2 yilda (ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib) bir marotaba qayta hisoblab boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 

25 fevraldagi “O‘limni qayd etish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 89-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan, fuqaro vafot etganligi tibbiy muassasa tomonidan qayd etilganda, dafn marosimi uchun nafaqalar avtomatik ravishda tayinlanishi va fuqaro Xalq bankining istalgan filiali orqali nafaqani olish imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 apreldagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-198-son qaroriga asosan 2022 yil 1 maydan boshlab barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilindi.

Tizim yangiliklari:

Pensiya jamg‘armasi tomonidan tayinlanadigan 12 turdagi pensiya va nafaqalarning 9 turini bugungi kunda inson omilisiz, avtomatik, interaktiv va proaktiv shaklda tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

Joriy yilning 9 oyi davomida 1,2 mln. nafar fuqaroga interaktiv va masofaviy xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan,

- 664,4 ming nafar fuqarolarga bola tug‘ilganda beriladigan suyunchi va 116,1 ming nafar fuqarolarga dafn marosimi uchun nafaqalarni ular tomonidan Jamg‘armaga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq bankining istalgan filialiga borgan holda to‘lanishi ta’minlandi;

- 337 ming nafar fuqarolarga pensiya (nafaqa) tayinlanganligi, ro‘yxatda turishi hamda miqdori to‘g‘risida ma’lumotnomalar elektron shaklda taqdim etildi;

- 110,4 ming nafar fuqaroga birgina pasport asosida Jamg‘armaga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat xizmatlari markaziga borgan holda 8 xil turdagi nafaqalar tayinlanishi ta’minlandi.

2022 yilning 4-choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar:

- Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirish. Bunda, 2023 yil 1 yanvarga qadar tayinlangan barcha pensiya ishlari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi;

Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob kitob qilinib o‘rtacha oylik pensiya miqdori 400 ming so‘mgacha oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,6 trln. so‘mdan ortiq miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.

- 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyani har ikki yilda bir marta qayta hisoblab chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish;

Natijada, 2023 yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari ularning arizalariga asosan qayta hisob-kitob qilinib o‘rtacha 300 ming so‘mgacha oshadi. Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yiliga qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 275 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, kelgusida nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin mehnat faoliyatini olib boragan 43 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari har 2 yilda (ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib) bir marotaba qayta hisoblab boriladi.

- Xalqaro ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan (Business Process Reengineering, BPR) foydalanib hamda quyidagilarni inobatga olgan holda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirish.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page