BTV

BTV

🌏 @BorliqTv

Arakanlik musulmonlarning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda

Bangladesh hukumati arakanlik musulmonlarni o’z yurtiga qaytishga undamoqda, lekin 1982 yilda fuqarolik huquqidan mahrum bo’lgan arakanlik musulmonlarning Myanmada qaydining yo’qligi jiddiy muammo paydo qilmoqda.

Arakanlik musulmonlarning o’z vataniga qaytish jarayoniga doir turli ifodalar aytilayotgan bir paytda, Arakanda musulmonlarga oid uylarga hamon o’t qo’yish holatlari kuzatilayotgaligi ma’lum bo’ldi.

Ishonchli manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Arakanda musulmonlarga nisbatan zo’ravonlik haligacha davom etmoqda.

Manbalarda yozilishicha, aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bo’lgan Maungdav hududidagi qishloqlarda uylarga o’t qo’yish holatlari davom etmoqda. Hududda zo’ravonlik to’xtagani yo’q.

Bunga qaramay, Bangladesh hukumati arakanlik musulmonlarni o’z yurtiga qaytishga undamoqda.

Eslatish joizki, o’tgan yili 23 noyabr kuni Myanma va Bangladesh hukumatlari o’rtasida kelishuv imzolangan edi.

Myanmaga qaytmoqchi bo’lganlar Bangladeshga o’tayotgan paytda Myanmada yashaganligiga doir hujjat ko’rsatishga majbur bo’lsalar ham 1982 yilda fuqarolik huquqidan mahrum bo’lgan arakanlik musulmonlarning Myanmada qaydining yo’qligi jiddiy muammo paydo qilmoqda.

Kelishuvga binoan, Bangladeshga qochib o’tgan arakanlik musulmonlarga bu mamlakatda berilgan hujjatlar ham Myanma hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yilning 25 avgustidan beri jami 655 ming musulmon Myanmadan Bangladeshga qochib o’tgan.

1970 yillarda Arakanda taxminan 2 mln musulmon yashaganligi taxmin qilinar ekan, bugungi kunda to’xtovsiz zo’ravonliklar va hujumlar oqibatida bu raqam 350 mingdan pasayib ketgan.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tarqatgan sun’iy yo’ldosh tasvirlariga ko’ra, mamlakatda musulmonlarga tegishli 350dan ortiq qishloq yoqib yuborilgan deyiladi TRT agentligi xabarida

🌏 @BorliqTv