Bootcamp veb dizayn UX/UI kursi

Bootcamp veb dizayn UX/UI kursi

Najot Ta'lim

💁🏻‍♂️ Ushbu kursda nimalar oʻrgatilishi va aynan qanday vazifalar bajarilishi bilan batafsil tanishish uchun avval UX/UI dizayn haqida tushunib olishimiz zarur.

Mazkur sohani UX/UI yoki veb dizayn deb atasak ham bo'ladi. Biz virtual olamda ishlatadigan har qanday ilova, dastur, platformalar borki, ularning bari o'ziga xos tashqi dizayn va ko'rinishga, ishlatish interfeyslariga ega. Biz deyarli har kuni ishlatadigan Telegram, Instagram, YouTube, Google platformalarining ham tashqi ya'ni sizga ko'rinib turgan qismlari UX/UI dizayn hisoblanadi.

Yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak:
• UX - "user experience" - bu foydalanuvchilarga mazmunli va tegishli tajribani ta'minlaydigan mahsulotlarni yaratish jarayoni. Sodda qilib aytadigan bo'lsak, veb sayt yoki dasturga kirganda, qidirilayotgan yoki bajarish kerak bo'lgan ishni iloji boricha eng kam bosishlar va harakatlar bilan amalga oshirishini ta'minlashdir.
• UI - "user interface" - bu saytning rang palitrasi, piktogramma va saytdagi shakllarni foydalanuvchiga chiroyli va yoqimli tarzda namoyish etish. Ranglar, fontlar, iconlar va sayta ko'zga ko'rinar barcha narsaning chiroyliligi va foydalanuvchiga yaxshi taassurot qoldirishni ta'minlashdir.


• UX/UI dizayner - yuqoridagi vazifalarni bajaruvchi mobil va desktop ilovalar uchun dizayn tayyorlovchi mutaxassis hisoblanadi. UX/UI dizayner ham ba'zi hollarda grafik dizayner deb ham murojaat qilinadi. Sababi UX/UI dizayn ham grafik dizaynning bir yo'nalishi hisoblanadi.

UX/UI texnologiyalari;
Zamonaviy dasturlardan foydalanish;
Soha uchun kerakli va foydali bo'lgan resurslardan foydalanish;
UX yechim va UI elementlar bilan ishlash;
OS'lar va boshqa tizimlar uchun UI/UX'lar tayyorlash;
HTML, CSS.

• Adobe Photoshop;

• Adobe Illustrator;

• Adobe XD;

• Adobe After Effects;

• Figma;

• Sketch va shu bilan birga Pinterest, Dribble, Behance, Flaticon, Unsplash platformalaridan ham samarali foydalanish.

●  Qisqa vaqt ichida chuqur va to'liq bilim olish;

●  Kuchli mutaxassislar muhitida o'rganish;

● Har bir darsga feedbacklar berib boriladi;

●  Kurs davomida shaxsiy partfolioingiz shakllantirib boriladi;

●  Kursda mijoz bilan ishlash va xizmat haqlarini qanday belgilash, ishga qabul qilinish uslublari ham o'rgatiladi;

● Freepik va Envato resurslar hamda Wifidan bepul foydalanish.

🚀 Kurs davomiyligi 7 oy (oxirgi oy amaliyot) bo'lib, darslar haftada 5 kun 4 soat 30 daqiqadan bo'lib o'tadi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar.

👉 Kursga ro'yxatdan o'tish

👨‍💻 Ma'muriyatga yozish

📞 (78) 888 9 888





Report Page