“ENG YAXSHİ ELEKTRON RESURS YARATİSH” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish

“ENG YAXSHİ ELEKTRON RESURS YARATİSH” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish

Xurshidbek


NIZOMI

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1.     Mazkur Nizom “Eng yaxshi elektron resurs yaratish” tanlovi (keyingi oʻrinlarda – tanlov)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

2.     Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti masʼul etib belgilanadi.

3.     Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–92-son Qarori asosida tashkil etiladi.

4.          Loyiha bir yilda ikki marta muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Loyihaning rasmiy tili – o‘zbek tili.

 

2-bob. Tanlovni tashkil etish maqsad va vazifalari

5.          Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad – talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular o‘rtasida elektron resurslar ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazish orqali malakali dizaynerlarni kashf qilish.

6.          Tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: yoshlarning elektron kompyuter resurslari va o’quv kurslarni ishlab chiqish bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish; yoshlarining aqliy hamda kreativ faolligini oshirish;

yoshlar o‘rtasida zararli odatlardan voz kechish, kasallikka chalinishni oldini olish, ortiqcha vazn holatlari kamaytirish;

tanlov orqali yoshlarning o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash.

 

3-bob. Tanlovga rahbarlik qilish

7.          Tanlovga umumiy rahbarlik Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

8.          Tanlovga bevosita rahbarlik qilish Hakamlar hay’ati zimmasiga yuklatiladi.

 

4-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi

9.     Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

-         Mart oyining boshida filial rasmiy kanalida e’lon qilinadi

-         Mart oyining III dekadasida fakultet talabalari o‘rtasida o’tkaziladi

5-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi

10.      Tanlov qatnashchilarini talabnomalarni tasdiqlash Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi zimmasiga yuklatiladi.

11.       Tanlovda 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba (keyingi o‘rinlarda ishtrokchi deb yuritiladi) yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

12.      Tanlovda TATU FF da TT va KT fakultetida ta’lim olayotgan  yoshlardan tuzilgan havoskor yoki professional talabalar ishtirok etadi.

13.      Tanlovda ishtirok etish uchun telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

14.      Agar g’olib jamoa bo’lsa, tanlov g‘oliblari uchun ajratilgan sovrin jamoa ishtrokchilari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

 

6- bob. Tanlovga hakamlik qilish va o‘tkazish tartibi

15.      Tanlovni o‘tkazish uchun yetakchi mutaxassislardan hakamlar tayyorlanadi. Ishtirokchilarga aloqador shaxslar hakamlar hay’atiga tayinlanmaydi.

16.      Ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarorlarini muhokama qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

17.      Tanlovni o‘tkazish Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi zimmasiga yuklatiladi.

18.      Ishtrokchilar мazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilishlari shart, shuningdek, ular raqib jamoa va muxlislarini hurmat qilishlari lozim.

 

7-bob. Tanlovning o‘tkazish shartlari.

19.      Tanlov quyidagi kompyuter yoki mobil ilovalar hamda dasturiy ta’minotlar boʻyicha tashkil etiladi:

a.     Courselab

b.    Front Page

c.     EdApp

d.    Constructor Electronic books

e.     iSpring Page

 

Tanlovda ishtirokchi yoki jamoa o’z ishlanmasini hakamlar va ishtirokchilarga namoyish qiladi. Eng yaxshi elektron ta’lim resursi Davlat ta’lim standarti va O‘zbekiston Respublikası Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori ga asoslangan holda tanlanadi.

20.      Tanlov so’ngida 1-2-3-o‘rin sovrindorlari aniqlanadi


8-bob. Tanlovni moliyalashtirish va g‘oliblarni taqdirlash

21.      Tanlov o‘tkazilishining moliyalashtirish shartlari: tanlovni o‘tkazish uchun pul mukofoti hamda sertifikat va esdalik  sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

22.      Tanlov g‘oliblari:

23.      Tanlovda jamoaviy tartibda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1- o‘rin jamoasiga stipendiyaning 1 barobari miqdorida;

2-o‘rin jamoasiga stipendiyaning 0.75 barobari miqdorida;

3-o‘rin jamoasiga stipendiyaning 0.5 barobari miqdorida taqdirlanadi.

9-bob. Yakuniy qoidalar

24.      Tanlov ishtirokchilari va jamoalarning natijalari, jismoniy va aqliy qobilyatini, shuningdek strategik tayyorgarligi monitoring qilinadi.

 


Report Page