Adliya aralashuvi bilan tibbiyot xodimlarining huquqlari tiklandi

Adliya aralashuvi bilan tibbiyot xodimlarining huquqlari tiklandi

@adliya

Xovos tumanida tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari buzilgani bo‘yicha adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Xususan, Xovos tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi navbatchi hamshirasi N. Shermatova va jarrohlik bo‘limi navbatchi hamshirasi Sh. Jo‘rayeva 2025-yil 21-avgust kuni malaka oshirish kurslariga yuborilgan bo‘lsa-da, ularga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ish haqi to‘lab berilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 256-moddasida ish haqi to‘lanadigan holatlar belgilangan bo‘lib, 370-moddasining 3-qismiga ko‘ra, ish beruvchi xodimni qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida uning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

Ammo o‘rganish davomida tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur talablar buzilgani aniqlangan. Shunga ko‘ra, Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan xodimlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga taqdimnoma kiritildi.

Natijada, adliya aralashuvi bilan xodimlar foydasiga 5 million 16 ming 422 so‘m miqdoridagi o‘rtacha ish haqi undirilib, ularning mehnat huquqlari tiklandi.


Javohir Komilov,

Xovos tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i

Report Page