Adliya aralashgach, lot g‘olibi bo‘lgan korxona muammosi hal bo'ldi

Adliya aralashgach, lot g‘olibi bo‘lgan korxona muammosi hal bo'ldi

@adliya

“Production” xususiy korxonasi loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash xizmatini ko‘rsatadi. Korxona xarid.uzex.uz portali orqali Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan portalga joriy ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash xizmatini bajarish uchun joylashtirilgan lot g‘olibi bo‘lib, ular o'rtasida 2023-yil 27-mart kuni elektron shartoma imzolangan. Biroq, shartnomaga muvofiq Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash topshirig‘i va nuqson dalolatnomasi taqdim etilmagan. 

 “Production” xususiy korxonasi rahbari Sh.Djumanovning Adliya vazirligiga pm.gov.uz orqali yo‘llagan ushbu mazmundagi murojaati Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 237-moddasiga asosan majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qolnunchilikda yoki shartnomada tazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 

Murojaatni o‘rganish jarayonida taraflarga qonunchilikda belgilangan ushbu norma batafsil tushuntirilib, yuzaga kelgan muammoli vaziyat bartaraf qilindi. 

Adliya aralashuvi bilan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Production” xususiy korxonasiga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash topshirig‘i va nuqson dalolatnomasi taqdim etildi hamda bajarilgan ishlar qabul qilinib, pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi.


Javohir Komilov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi bosh maslahatchisi


Report Page